Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
09/04/2023
Chop etish
YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA MENING KELAJAGIMDA

Djuraeva Madina Baxromovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Xorijiy tillar fakulteti

Ingliz tili o’qitish metodikasi katta o’qituvchisi

Djuraeva_mb@mail.ru

+998915988843

Hurmatli adibimiz O’tkir Hoshimov o’zlarining “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarida: “Odamlar komyuterni inson miyasidan andoza olib ishlaganlar. Hisoblaydi, o’ylaydi, saqlaydi va hakozo. Lekin kompyuterning insonga qaraganda bitta afzalligi bor. Unda bitta tugmachani bossangiz, xotirasidagi kerakmas ma’lumotni o’chirib tashlay olasiz. Undan farqli o’laroq insonlar keraksiz narsalarni miyamizdan ya’ni kompyuterimizdan chiqara olmay qiynalamiz” [1]deb yozgan edilar. Lekin shaxsan men unday deb o’ylamayman, chunki hayotimizdagi xar narsaning bizning hayot yo’limizda o’z o’rni bor. Hoh u yaxshi narsa yoki voqea bo’lsin, hoh yomon. Sababi shu hatolardan biz o’zimizga xulosa chiqaramiz va shunday xatolarni takrorlamaslik uchun o’z ustimizda ishlaymiz va kelajak avlodga bizning davrimizdagidan mukammalroq, yaxshiroq bo’lgan tizimni, davlatni, tabiat resurslarini asrab, avaylab qoldirigimiz keladi.

Bekorga xotira haqida gapirmadim. Bizning xotiramizdagi o’sha narsalar “Tarix” deb ataladi. Bizning yaqin o’tmishimizdagi tariximiz. Onamning aytishlaricha o’tgan asrning 70-80 chi yillarida o’sha paytdagi maktab o’quvchilari paxta yig’im- terimiga jalb qilingan ekanlar. Ular 8-9-10-11 chi sinf o’quvchilari 16 yoshlik bolalar sentabr oyining boshidan hattoki sovuq dekabr oyiga qadar paxta dalalarida, yotoqhonalarda yashab, paxta terishgan. Paxta terimi talabalarni, maktab o’qituvchilarini, bog’cha tarbiyachilarini, davlat korxonalarida ishlaydigan ishchilarni ham chetlab o’tmagan.

Hozir esa shunday davrlar keldiki, maktab o’quvchilari, talabalar, men kabi o’qituvchilarning hech biri majburiy mehnatga jalb qilinmayapdi. Bunga sabab, davlatimiz, hukumatimizning, qolaversa hurmatli prezidentimizning hozirgi paytda olib borayotgan oqilona siyosati samarasi o’laroq, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 37-moddasiga mehnat huquqiga doir quyidagicha normalar qo‘shilyapti: “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” degan jumladan keyin quyidagicha yangi jumla qo‘shilmoqda: Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.[2]

Davlatimizda olib borilayotgan siyosatning natijasida hozirgi yoshlarga juda katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Buning oddiy misoli mana men. 2018-2019 o’quv yilida men Amerika Qo’shma Shtatlari Jorjia Universitetida O’zbek tilidan dars o’tib keldim. Mutaxassisligim Ingliz tili bo’lsada men o’zimizning ona tilimizni 2 semestr mobaynida Amerikalik talabalarga o’rgatdim. Xorijiy tajriba orttirib, hozirda shu bilimlarimni Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari bilan bo’lishib kelmoqdaman vas hu bilan birgalikda ilmiy ishimni olib bormoqdaman. Konstitutsiyaga quyidagi mazmundagi 411-modda qo‘shilmoqda:

  •  Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.
  • Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi.

Bunday o’zgarish ilmiy ishining eng qizg’in pallasidagi mendek yosh olimlarga katta imkoniyatlarni ta’minlaydi: endi olimlar ilmiy ishlarini o’zlarining mahalliy oliygohlarida amalaga oshiribgina qolmay, bemalol ilmiy ish doirasida stajirovka  va malaka oshirish maqsadida chet elga borishlari mumkin, bunda davlatning o’zi yordam beradi.

Oddiy o’qituvchiman. Boshqa hamma o’qituvchilar kabi bor mahoratimni dars o’tish orqali ko’rsatgim keladi. O’qituvchilarning darsdan tashqari ish va yumushlarga jalb qilinishlari, ularga darsni o’zlari hohlagandek professional darajada o’tishlariga halaqit beradi deb o’ylayman. Yangi tahrirdagi konstitutsiya men va men kabi bilimga boy hamkasblarim orzusini o’zida mujassam qilibdi. Undagi 41- moddaga quyidagicha yangi tahrirga o ‘tkazish taklif etilmoqda: Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.[3]

Men yangi tahrirdagi konstitutsiyani to’liq qo’llab quvvatlayman va 30 aprelda bo’ladigan saylovda faol qatnashib yangi konstitutsiyaga ovoz beraman. Zero u bizning kelajagimizdir: mening va farzadlarimning.

 

Foydalanilgan havolalar

  1. https://library.samdu.uz/files/802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060_DAFTAR%20HOSHIYASIDAGI%20BITIKLAR.pdf
  2. https://kun.uz/uz/news/2022/06/25/constitution

[1]https://library.samdu.uz/files/802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060_DAFTAR%20HOSHIYASIDAGI%20BITIKLAR.pdf

[2] https://kun.uz/uz/news/2022/06/25/constitution

[3] https://kun.uz/uz/news/2022/06/25/constitution


Ulashish:
547
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.