Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/08/2026
Chop etish
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari doirasida futbol bahslariga start berildi.

Musobaqaning dastlabki kunida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti,  xorijiy tillar yo‘nalishi, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti va Filologiya oliy maktabining o‘zbek tili yo‘nalishi, Tarix fakulteti hamda tyutorlar jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushib, qizg‘in bahslar olib bordilar.

Uchrashuvlarda jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyish etdilar.

 

 

Musobaqaning navbatdagi bahslari 26-avgustga qadar davom etib, unda qolgan jamoalar ham g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadilar.


Ulashish:
589
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.