Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2026
Chop etish
JDPU rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashevning Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, soha prorektorlari, mas’ullar hamda fakultetning 1–6-bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. Ayni paytda fakultetda 600 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Tadbir da universitet rektori talabalarni, ayniqsa, joriy o‘quv yilida fakultetning birinchi bosqichiga qabul qilingan 170 nafar yoshni tabriklab, ularga kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv doirasida 2026/2027-o‘quv yilida eng yuqori ball to‘plab, talabalikka qabul qilingan yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tibbiyot fakulteti dekani G‘ulom Arifxo‘jayev fakultet faoliyati, ta’lim jarayoni va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Xususan, talabalarni xalqaro olimpiadalar va imtihonlarga maqsadli tayyorlash, buning uchun maxsus tayyorlov guruhlarini tashkil etish hamda talabalar jamoasini shakllantirish takliflari ilgari surildi.

Shuningdek, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Tadbirning muhim qismlaridan biri birinchi bosqich talabalarining «Talabalik qasamyodi»ni qabul qilishi bo‘ldi. Uchrashuv Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy-badiiy chiqishlar bilan yakunlandi.


Ulashish:
19
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashevning Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati, soha prorektorlari, mas’ullar hamda...
E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...