Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan tanishdi.
Shundan so‘ng startap loyihalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Talabalar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, ularni rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro bozorga olib chiqish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.








Universitet rektori M. Yuldashev bilan uchrashuvda talabalar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, yoshlarni global startap ekotizimiga integratsiya qilish hamda Jizzax viloyatining xalqaro startaplar reytingida ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida JDPU va StartupBlink o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.





Tashrif yakunida Eli David Rokah Jizzax Yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda startap loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldi.








