Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari oliy pedagogika maktabining 2-bosqich talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida universitet professorlar bog‘ida “Tabiat in’omisan, Mehrjon!” shiori ostida hosil bayrami tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori boshchiligidagi rahbariyat vakillari bog‘da tayyorlangan ko‘rgazmali namoyishlar bilan tanishdi. Talabalar tomonidan kuz ne’matlari, mo‘l hosil va milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi.












Bayram davomida kuz faslining saxovati, dehqonlar mehnati, tabiat ne’matlarini qadrlash va milliy an’analarni asrab-avaylash g‘oyalari tarannum etildi.









Tadbirda xorijiy mamlakatlar vakillari ham ishtirok etdi. Bayram doirasida xorijiy mamlakatlarning tabiati, milliy qadriyatlari va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.






Hosil bayrami talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.
