Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2026
Chop etish
JDPUda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Keksalar haftaligi” doirasida “Nuroniy” jamoatchilik kengashi hamda Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim pedagogika oliy maktabi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvni JDPU “Nuroniy” kengashi raisi X.A. Meliyev ochib berdi. Tadbirda Sharof Rashidov tumani BMJG raisi D. Saidova, faxriy ustoz Oleg Kim hamda universitet professori U. Jumanazarov ishtirok etib, hayotiy tajribalari va mehnat faoliyati davomida orttirgan saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Muloqot davomida avlodlar davomiyligi, ustozlar ibrati, milliy qadriyatlarni asrash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilar “O‘tmish saboqlari, bugun qadri, kelajak mas’uliyati” mavzusida fikr almashdilar.

Talabalar chiqishlari, savol-javob va samimiy muloqotlar bilan davom etgan uchrashuv katta avlod tajribasini yoshlarga yetkazish hamda avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


Ulashish:
143
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.