Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2026
Chop etish
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Universitetning Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti hamda Ta’lim menejmenti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda ta’lim tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ularning ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligiga ta’siri, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Ilmiy anjuman doirasida O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan ta’lim menejmentida sun’iy intellektning o‘rni, generativ sun’iy intellekt sharoitida talabalarning tanqidiy tafakkuri va metakognitiv nazoratini rivojlantirish, axborotlashgan jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash hamda sun’iy intellekt asosida strategik qarorlar qabul qilish samaradorligiga oid ma’ruzalar taqdim etildi.

Shuningdek, professional kadrlar tayyorlashda korporativ ta’limning ahamiyati kabi dolzarb masalalarga ham e’tibor qaratildi. Ma’ruzalar ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini keng muhokama qilish imkonini berdi.

Konferensiya ta’limda sun’iy intellektdan samarali foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy fikr va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.


Ulashish:
27
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Universitetning Pedagogika-psixologiya va inklyuziv...
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart...