Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2026
Chop etish
Jizzaxda “Xavfsiz talaba” dasturi doirasidagi vazifalar muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida talabalar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi, ichki ishlar organlari, Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi, tegishli tuman va shahar prokuraturalari vakillari, shuningdek, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish-2026-yil-11-sentyabr kuni Prezidentning Toshkent shahri Olmazor tumanidagi «Yoshlik» talabalar shaharchasida tashkil etilgan Vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishuvi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Vaziyatlar markazi talabalar davomati, xavfsizligi va ijtimoiy muhitni raqamli monitoring qilish, muammolarni tezkor aniqlash hamda ularning oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek,-2026-yil 4-sentyabrdagi PQ–314-son qarorda «Xavfsiz dargoh — xavfsiz talaba» axborot tizimini-2027-yil-1-martga qadar ishlab chiqish va poytaxtdagi yirik OTMlarda sinovdan o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida xavfsizlikni kuchaytirish, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, mas’ul tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 


Ulashish:
105
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart...