Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Pedagogik innovatsiyalar va ularning amaliy tadbiqlari: Muammolar va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy-anjuman o‘tkazildi.

Respublika  ilmiy-amaliy anjumani JDPU, Pedagogika va psixologiya fakulteti, Pedagogika ta’limi nazariyasi  kafedrasi tomonidan tashkillashtirildi. Ajumanni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida pedagogika va psixologiya, ta’lim yo‘nalish bo‘yicha bilim olaѐtgan talabalar, pedagog o‘qituvchilar va shu soha bilan qiziquvchi barcha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan  bugungi anjumanda ta’lim tizimida innovatsiyaning o‘rni, innovatsion faollik, pedagogik innovatsiyani haѐtga tatbiq etishning tashkiliy masalalari, yangiliklar kiritish mazmuni, rivojlanish rejimida ta’lim muassasalarini texnologik asosga o‘tkazish, refleksiv innovatsion texnologiya, innovatsion faoliyatga tayѐrgarlikni tashxis qilish, ta’limning asosiy harakatlantiruvchi motivlari, moslashtirish strategiyasi va boshqa innovatsiya masalalariga bag‘ishlangan mavzular o‘rin olganligini ta’kidladi. “Mazkur anjumanning  maqsadi: pedagogik innovatsiya o‘qituvchisi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayangan holda, yangi metod, shakl va usullarni ijodiy qo‘llash orqali mustaqil bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy qo‘llash, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir”- deydi universitet rektori Sh.Sharipov. Anjumanda yurtimizdagi bir nechta oliygohlardan professor-o‘qituvchilar  ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Anjumanni   Biologiya fanlari nomzodi, dotsent – JDPU, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor G‘. Qodirov boshqarib bordi. Ilmiy-amaliy anjumanda Yangi Oʼzbekistonda inklyuziv taʼlimning rivojlanish yoʼnalishlari va istiqbollari, Bo’lajak o’qituvchilarning axborot kompotentligini rivojlantirish, Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini samarali tashkil etish muammolari, Bo’lajak professional ta’lim o’qituvchilarini tayyorlash jarayoniga zamonaviy didaktik vositalarni qo’llash,Maktabgacha  ta’lim  tashkilotlarida zamonabiy rahbar  faoliyatini takomillashtirish mavzularida ma’ruzalar tinglandi. “Pedagogik innovatsiyalar va ularning amaliy tadbiqlari: Muammolar va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy-anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.