Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2026
Chop etish
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonligida tashkil etildi.

Musobaqaning yakuniy bosqichida mamlakatimizning 15 ta oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan kuchli jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Bellashuvlar Nizom talablari asosida 100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish kabi harbiy-sport yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Tadbirning tantanali taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda barcha ishtirokchi jamoalar vakillari qatnashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi

2-o‘rin — Andijon davlat universiteti jamoasi

3-o‘rin — Buxoro davlat universiteti jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 424
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.