Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2026
Chop etish
JDPU sportchilari tantanali ravishda kutib olindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning respublika bosqichida munosib ishtirok etib qaytgan sportchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalar hamda sportchilarimizning yaqinlari ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunlariga ko‘ra, JDPU jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Universitet futbol jamoasi olimpiadaning futbol bahslarida chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yengil atletika va suzish yo‘nalishlarida ham talabalarimiz yuqori natijalarni qayd etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti respublika oliy ta’lim muassasalari orasida 5-o‘rinni, pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida esa 1-o‘rinni egalladi.

Tadbir davomida universitet rektori sportchilar, murabbiylar, sport volontyorlari hamda muxlislarga samimiy minnatdorlik bildirib, erishilgan yutuqlar JDPU jamoasining birdamligi, fidoyiligi va mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindor talabalar universitet tomonidan maxsus vaucherlar bilan taqdirlandi. G‘oliblar va ishtirokchilar universitet jamoasi tomonidan qizg‘in olqishlar bilan kutib olindi.


Ulashish:
575
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.