Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/06/2026
Chop etish
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari orasidan maxsus va ixtiyoriy toifalar bo‘yicha g‘olib va sovrindor deb topilgan 50 nafardan ziyod yoshlar I, II, III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni, guvohnoma hamda sport formalari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, mazkur sinovlarda Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.

 


Ulashish:
1 081
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...