Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/06/2026
Chop etish
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi

Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.

Unda muammoga asoslangan ta’lim (Problem-Based Learning – PBL) texnologiyasining o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

JDPU dotsenti Jumayeva Feruza Uralovna tomonidan o‘tkazilgan treningda muammoga, loyihaga va tadqiqotga asoslangan ta’lim metodlari hamda o‘qituvchi liderligi masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur yondashuvlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni bilan tanishdilar.


Ulashish:
783
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.