Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/06/2026
Chop etish
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.

Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida talabalar o‘rtasida “Ice Breaking” (muz yorish) uchrashuvi o‘tkazilib, o‘zaro muloqot va do‘stlik aloqalari mustahkamlandi. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi Yoshlar ittifoqi yetakchilari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Dastur davomida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar taqdirlandi. Tadbir universitet ijodkorlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Kun yakunida mehmonlar 34-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar, mahalla yoshlari va aholi uchun tayyorlangan madaniy-konsert dasturini namoyish etdilar.

 

Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ulashish:
1 485
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.