Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2026
Chop etish
JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Tashrif doirasida Belarus davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Muloqot davomida tomonlar ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida JDPU delegatsiyasi tomonidan hamkor universitet rahbariyatiga esdalik sovg‘alari topshirildi.

JDPU delegatsiyasi uchun Belarus Respublikasida faoliyat yuritayotgan “O‘zbek madaniyati” markazida “O‘zbek-Belarus do‘stlik rishtalari” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekistonning Minsk shahridagi elchixonasi vakillari, qator tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida JDPU delegatsiyasi Belarus davlat pedagogika universitetining boy tarixi, zamonaviy infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi va fakultetlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda zamonaviy interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanish tajribasi o‘rganildi.


Ulashish:
1 368
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.