Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/04/2021
Chop etish
Chempion  Jaxongir Zokirov munosib kutib olindi…

Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti hovlisida   tashkil etilgan tantanali marosimga Jizzax davlat pedagogika instituti faxri , Polshada o‘tkazilgan musobaqalarda boks bo‘yicha jaxon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan Jaxongir Zokirov karnay surnay sadolari ostida kirib keldi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan tantanali marosimni institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.  U Jaxongirning g‘alabasi bilan tabriklash bilan bir qatorda  bundan 12 yil avval Jaxongirning dadasi va murbbiyi Laziz Zokirovning Jizzax nomini yuksaklarga ko‘targan  g‘alabasi  haqida to‘xtaldi.

 

 

 

 

“bu g‘alaba o‘sha betakror onlarning davomi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Butun O‘zbekiston faxriga aylangan Jaxongir Zokirov bundanda yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ishonaman”,-deydi institut rektori Sh.Sharipov

“Jaxongir Jizzaxining asl farzandi u ham siz qatori  mana shu institutning oddiy talabasi. Uning qo‘lga kiritgan yutug‘i sizning qolaversa butun jamoaning yuutug‘idir. Hurmatli ustozlar sizga qancha tashakkur aytsam shuncha oz. Boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman ”,- deydi boks bo‘yicha Osiyo chempioni Laziz Zokirov

 

Jaxongir Zokirovning g‘alabasi bilan qutlab uning ustozlari tengdoshlari ham o‘z tabriklarni  sovg‘a salomlar bilan izhor etishdi. Tantanali marosim davomida uning ustozlari  ham  o‘z hayajonlarini samimiy tabriklari bilan namoyon etishdi.

“Meni qo‘llab turganingiz va mana shunday iliq va hayajonli uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sizning duolaringiz sabab men g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Oldinda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari turibdi unda ham g‘alaba qozonib ishonchingizni oqlashga harakat qilaman” deydi chempion Jaxongir Zokirov


Ulashish:
1 078
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.