Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/01/2022
Chop etish
Ochiq muloqot (magistrantlar bilan uchrashuv)

Uchrashuvni institut magistrlar bo‘limi rahbari R.Yormatov ochib berdi Unda bu yil talabalikka qabul qilinganlar qutlanib, mamlakatimizda ta’limga, xususan oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor, magistraturaga qabul ko‘rsatkichining sezilarli darajada oshganligi, institutdaa ular uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar haqida so‘z bordi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilda jami   800 dan oshiq nafar abiturient Jizzax davlat pedagogika instituti magistri bo‘ldi. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 357 nafar bo‘lgan.

Uchrashuvda yosh magistrlar oliygoh prorektori B.To‘xtamishevdan  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan Kredit –modul tizimi tizimi, tartibi  to‘g‘risida batafsil tushuncha berib o‘tildi.
Ochiq muloqot ko‘rinishini olgan mazkur uchrashuv yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini yanada oshirib, ularning darslarga, ilmiy tadqiqot olib borishga bo‘lgan qiziqishlariga motivatsiya beradi desa xato qilmagan bo‘lamiz


Ulashish:
1 201
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.