Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
10/04/2019
Chop etish
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish

          Joriy yilning 10 aprel kuni  9.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2019 yil 19 martdagi  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi” ijrosi hamda Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Kitob ulash”aksiyasi doirasida “Kitob millat tayanchi, kelajak poydevori” mavzusida kitobxonlar konferensiyasi hamda “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” nomli  adabiyotlar taqdimoti    tashkil etildi.

          Tadbirda axborot- resurs markazining barcha bo‘limlari o‘z fondidagi yangi adabiyotlar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar, elektron darsliklar bilan ko‘rgazmali chiqish qildilar.

 Tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash prorektori S. Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib, “Kitob –tafakkur xazinasi va munosabatlar kaliti” mavzusida  ma’ruza qildi. Shundan so‘ng, ARM xodimasi U. Alisherova “Kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish-davr talabi” mavzusida  ishtirokchilarga ma’ruza qildi.

 So‘ngra, ARM xodimasi S.Isroilova va viloyat yozuvchilar uyushmasi bosh mutaxassisi S. Komilov so‘z olib, kitob mutolaasi haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

         Musiqiy ta’lim fakulteti talabasi A. Boboyorov axborot- resurs markazi ish faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi va shunday tadbirlar tez – tez tashkil etilishini, bundan   buyon  ham ma’naviy- ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirish, kitobxonlar ehtiyojini to‘laroq qondirish uchun ARM fondini boyitib borish va elektorn darsliklar hajmini kengaytirish to‘g‘risidagi fikrlarni bildirdi.

 


Ulashish:
2 063
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.