Universitetda talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda «4+2» tartibidagi amaliyot jarayonini takomillashtirish maqsadida konferensiya tashkil etildi.






Unda professor-o‘qituvchilar, amaliyot rahbarlari va talabalar ishtirok etdi. Konferensiyada amaliyotning mazmuni, tashkil etilishi, talabalar davomati va amaliy topshiriqlarning bajarilishi, shuningdek, hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida «4+2» tartibidagi amaliyotni samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
