Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2026
Chop etish
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical Systems» xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

14–18-sentyabr kunlari davom etadigan tadbirning ochilish marosimida JDPU rektori, professor Maksudjan Yuldashev, akademik A. Azamov, professor N. Ashiraboyev kabir bir qator xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etdi.

 

Xalqaro yozgi maktabda dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga qiziquvchi talabalar, magistrantlar, doktorantlar, yosh tadqiqotchi va olimlar ishtirok etmoqda. Dasturdan maxsus ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (tutorial), ochiq ilmiy muhokamalar hamda tadqiqot natijalarini taqdim etishga qaratilgan poster taqdimotlari (Poster Session) o‘rin olgan.

Maxsus ma’ruzalarni Italiyaning Rim Tor Vergata universiteti (University of Rome Tor Vergata) professori Carlangelo Liverani hamda Buyuk Britaniyaning Loughborough University universiteti professori Wael Bahsoun o‘tkazadi. 18-sentyabr kuni tashkil etiladigan poster taqdimotlarida ishtirokchilar o‘z ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalarini namoyish etadilar.

Xalqaro yozgi maktab yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy muhit yaratish, yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda dinamik tizimlar va ergodik nazariya sohalaridagi zamonaviy ilmiy yondashuvlarni muhokama qilish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.


Ulashish:
847
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.