Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2026
Chop etish
Shanba-ijtimoiy faollik kuni

Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol, basketbol, voleybol va stol tennisi bilan shug‘ullanmoqda.

Ayniqsa, universitet hayotiga moslashuv jarayonida bo‘lgan 1-bosqich talabalarining faol ishtiroki e’tiborga loyiq.

Ular sport mashg‘ulotlari, turli musobaqalar va jamoaviy o‘yinlar orqali bir-birlari bilan yaqindan tanishib, yangi muhitga moslashmoqda.

Shanba — universitetda nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, balki jamoaviylik, do‘stlik va ijtimoiy faollikni kuchaytirish kuniga aylanmoqda.


Ulashish:
857
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.