Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari va pedagogika oliy maktabi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabalari hamda tyutorlari ishtirokida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.





Tadbir davomida o‘zbek tilining shakllanish tarixi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizni saqlashdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ona tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning nufuzini oshirish va adabiy til me’yorlariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




Tadbir dasturidan talabalarning ona tilini madh etuvchi she’rlari va badiiy chiqishlari o‘rin oldi. Ushbu chiqishlar orqali ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini namoyon etishga intilish ifodalandi. Mazkur tadbir talaba-yoshlarning davlat tiliga ehtiromini yuksaltirish, ona tilini asrab-avaylash mas’uliyatini anglatish hamda milliy madaniyatimizga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga qaratildi.
