Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2026
Chop etish
Ona tilimiz-milliy boyligimiz o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan Zafarobod tumanidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining maslahatchisi B. Mavlyanov, Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari, universitet rahbarlari, iqtidorli talaba-yoshlar, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Marosim davomida o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, davlat tili sifatidagi maqomi, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalashdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Ona tilimizning boyligi, betakror jozibasi va kelajak avlodga yetkazish zarurati alohida ta’kidlandi.

Tadbir doirasida talaba-yoshlar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qilib, sahna chiqishlari namoyish etildi.

 

Mazkur tadbir ona tilimizga hurmatni yanada mustahkamlash, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga sadoqat va tilimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.


Ulashish:
90
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari ishtirokida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari va pedagogika oliy maktabi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabalari hamda tyutorlari ishtirokida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami...
Ona tilimiz-milliy boyligimiz o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu sana munosabati...
StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...