Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2026
Chop etish
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati Jurnalistlar uyushmasi hamda universitet hamkorligida o‘tkazildi.

Unda universitetning «Izlanish» klubi a’zolari, jurnalistika va ijodga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jurnalistika sohasida amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mahorat darsida Shuhrat Orif jurnalistik faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, kasb sirlari, axborot bilan ishlash va ijodiy yondashuv haqida fikr bildirdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuv yakunida yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ijodkorlar seminari» kabi doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish, yosh ijodkorlar uchun maxsus media platforma yaratish kabi takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning jurnalistika va ijod sohasiga qiziqishini oshirish, ularning kasbiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
941
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.