Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2026
Chop etish
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati Jurnalistlar uyushmasi hamda universitet hamkorligida o‘tkazildi.

Unda universitetning «Izlanish» klubi a’zolari, jurnalistika va ijodga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, jurnalistika sohasida amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mahorat darsida Shuhrat Orif jurnalistik faoliyatning o‘ziga xos jihatlari, kasb sirlari, axborot bilan ishlash va ijodiy yondashuv haqida fikr bildirdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuv yakunida yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ijodkorlar seminari» kabi doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish, yosh ijodkorlar uchun maxsus media platforma yaratish kabi takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning jurnalistika va ijod sohasiga qiziqishini oshirish, ularning kasbiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
917
Boshqa rubrikalarda mashhur

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida «IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining Jizzax viloyati hududiy bosqichi o‘tkazildi.
JDPU Kengashining navbatdagi majlisi taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2-sonli majlisi avvalida ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Istibdoddan — istiqlolgacha»: qatag‘on qurbonlari xotirlandi
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy...