1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nishonlanadigan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan «Istibdoddan — istiqlolgacha» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir Jizzax viloyati Mahalla uyushmasi, Mudofaa boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.







Unda Jizzax viloyati Mahalla uyushmasi raisi A. Sattorov, mahalla raislari, ustozlar, shuningdek, 1860–1990-yillar oralig‘ida qatag‘onga uchragan jizzaxlik yurtdoshlarimizning 20 dan ortiq avlodi ishtirok etdi.






Tadbir davomida qatag‘on qurbonlarining xotirasi yod etilib, ularning hayoti va taqdiri, yurt tarixidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.







Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga Jizzax viloyati Mahalla uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
