Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2026
Chop etish
“Tinchlik — eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, universitet mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarga tanqidiy yondashish, ishonchli va rasmiy manbalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va sog‘lom dunyoqarash eng muhim vosita ekani ta’kidlanib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm-fan, kitobxonlik, sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.


Ulashish:
36
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Tinchlik — eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, huquqni muhofaza qiluvchi...
«Talaba – yugur» musobaqasida JDPU talabalari munosib natijalar qayd etdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida «Talaba – yugur» ko‘ngillilar yugurish...
JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.