Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2021
Chop etish
Xonanda Shuxrat Daryo jonli konsert dasturini taqdim etdi…

Ko‘pchiligimiz jonli ijrodagi konsert dasturlari yo‘qolib ketayotganidan noliymiz. Ammo jonli ijroda uyushtirilayotgan konsertlarga yolchitib bormaymiz. Yengil-yelpi, maza-bemaza fonogramma konsertlarni miriqib tomosha qilishga o‘rganib ham bo‘ldik…Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida xonanda Shuhrat Daryo jonli ijrodagi konsertini o‘z muxlislariga taqdim etdi. Institut talabalari,  professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan jonli konsert dasturi yuksak saviyada o‘tdi. Dastur davomida xonanda  tomoshabinlar tomonidan tushgan savollarga javob berdi

— Musiqani buyuk ne’mat, deb bilaman. Inson qalbi, ko‘ngli uchun berilgan, hayratlanishi uchun yaratilgan buyuk yaratiq. Bir o‘ylab ko‘ring-a? Dunyoni musiqasiz, umuman, xush yoquvchi ohanglarsiz tasavvur qilib bo‘ladimi? Unda hayotning mazmunini ham tushunish murakkab bo‘lib qoladi. Barcha ne’matlar qatori kuyning ham qadriga yetishimiz kerak. Musiqani buzishni katta xato, deb bilaman. Balki shuning uchun ham ustozlarning qo‘shiqlarini buzib aytayotganlarni ko‘rsam, g‘azabim kelar. Doim bironta kuy ustida ishlay boshlasam, uning kelajagini o‘ylayman. Vaqti kelib, shunday qo‘shiq yaratganimdan afsuslanmasligim shart”-deydi xonanda Shuhrat Daryo.


Ulashish:
982
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.