Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/02/2022
Chop etish
“Zvyozdniy poxod»  festivali  ishtirokchilari Jizzaxga qaytishdi…

Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabalari  Nilufar Ergasheva, Vlada Chertuxina hamda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Oybek Axmedovlar joriy yilning  24 yanvar kuni Belorussiyaning Minsk shaxriga talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Zvyozdniy poxod»  festivalida  ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan edi. Ushbu festivalda shuningdek  Rossiya, Qozoqiston,  O‘zbekiston, Armaniston, Tojikiston, Xitoy va Turkmaniston kabi 8 ta mamlakatdan talaba va o‘qituvchilar  ishtirok etishdi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti kichik majlislar zalida  “Zvyozdniy poxod»  festivalida qatnashib kelgan talabalar va rektor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida institut rektori Sh.Sharipov talaba yoshlarning muvaffaqiyatlaridan mamnun ekanligini, faol va iqtidorli talabalar kelajakda albatta o‘z o‘rnilarini topishlariga umid bog‘lanishini ta’kidlab o‘tdi. Samimiy suhbat tarzida tashkil etilgan uchrashuv talabalar  Belorussiya davlat  pedagogika universiteti, festival va safar taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv so‘ngida talabalar Belorussiya davlati hamda festival ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alarini institut rektoriga topshirishdi.

 


Ulashish:
921
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.