Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2020
Chop etish
Vazir: Masofadan o‘qiy olmagan talabalar uchun yoz oylarida darslar tashkillashtiriladi

Karantin davrida OTMlar talabalari uchun masofaviy tarzda tashkil etilgan ta’limda ishtirok eta olmagan talabalar uchun yoz oylarida alohida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov mazkur jarayon qanday tashkil etilishini izohladi.

«Iyun oyi oxirida barcha OTMlarda o‘quv jarayonlari yakunlanadi. Hozirda masofaviy ta’limda ishtirok eta olmagan talabalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Iyul-avgust oylarida ular uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

Talaba «yashil» hududda bo‘lsa, OTMga chaqirtirilib joylashtiriladi, pedagoglar tomonidan tarqoq holda darslar o‘tiladi.

Talaba «qizil» zonada bo‘lsa, universitet yoki tumandagi kollejlar orqali kompyuterdan foydalanish, internetga kirish uchun imkoniyat yaratib beriladi. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, masofaviy tarzda mashg‘ulotlar olib boriladi», – dedi Majidov.

Vazir talabalar turar joylarining foydalanilmagan davri uchun to‘lov masalasiga ham to‘xtaldi.

«Talabalar turar joyidan karantin davrida foydalanilmagani bois shu davr uchun qilingan to‘lov qaytarib beriladi. Agar talaba keyingi o‘quv yilida ham talabalar turar joyida yashashni istasa, yashalmagan davr uchun mablag‘ni keyingi yilga o‘tkazib yuborishi ham mumkin», – dedi u.

 


Ulashish:
1 111
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...