Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

UMUMTA’LIM MAKTABINING TA’LIM SIFATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

UMUMTA’LIM MAKTABINING TA’LIM SIFATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV Kenjayeva Sanobar Ibragimovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor-o’qituvchisi Annotatsiya. Umumta’lim maktabining ta’lim sifatini oshirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati – o‘quvchilarda real hayotda duch keladigan muammolarni maktabda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Aniqroq aytadigan bo’lsak, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masaladir. Kalit so‘zlar: Kompetensiya, fan, ta’lim, sifat, samaradorlik, kreativlik, texnologiya, kommunikativ, mantiq, bilim, ko‘nikma, malaka va h.k. Аннатация. Значение компетентностного подхода в процессе повышения качества образования общеобразовательной школы заключается в развитии у учащихся способности решать задачи, с которыми они сталкиваются в реальной жизни, на основе знаний, умений и опыта, приобретенных ими в школе. Если говорить более конкретно, компетентностный подход является актуальной проблемой, стоящей перед системой образования. Ключевые слова: компетентность, наука, образование, качество, эффективность, креативность, технология, коммуникативность, логика, знание, умение, компетентность и др. Abstract. The importance of the competence approach in the process of improving the quality of education of a general education school is to develop the ability of students to solve problems they face in real life based on the knowledge, skills and experiences they have acquired at school. To be more specific, the competence approach is an urgent issue facing the education system. Keywords: Competence, science, education, quality, efficiency, creativity, technology, communicative, logic, knowledge, skill, competence, etc. Zamonimiz shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Biz axborot texnologiyalari asrida yashab turgan holda, fan, ta’lim, sport, san’at, texnika hamda telekommunikatsiyalar tobora rivojlanib borayotganinig yaqqol guvohi bo’lib turibmiz. Bugungi kunda mamlakatimizda ham ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda ta’limning dastlabki bosqichidan boshlab har bir fanni o’qitishga qaratilgan tubdan yangi  qonunlar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilinib,  ularning ijrosi ta’minlanmoqda. Aytish mumkinki, o’quvchining har jihatdan barkamol shaxs bo’lib, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishida umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlarning ahamiyati juda katta. Jumladan, matematika fani misolida qarasak, matematik elementlar bolalarga bog’cha yoshidan boshlab o’rgatilib, bu bilimlar umumta’lim maktabi, akademik litsey va keyinchalik oliy ta’lim muassasalarida rivojlantiriladi va butun umr davomida ularga xizmat qiladi. Vaqtlar o’tgani sayin matematikaning hayotdagi o’rni kengayib, tarmoqlari ham ko’payib bormoqda. Bugungi kunga kelib esa  turmush tarzimizni matematikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Umumta’lim maktablarining dars yukalamalariga ham e’tibor qaratadigan bo’lsak, eng ko’p fan sifatida matematika fani o’qitiladi.  Yurtimizda matematika faniga bo’lgan e’tiborni quyidagi faktlar asosida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida       PQ-4947-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ham ilm-fanga juda katta e’tibor qaratilgan [1]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708 sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori [2], “Matematika hamma aniq fanlarga  asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’ladi va istalgan sohada ishlab ketadi” deb so’zlagan nutqlari asosida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 20 dekabrda yo’llagan Parlamentga Murojaatnomasida  — 2023-yilni O‘zbekistonda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilishni taklif etganligi ham yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalili bo’la oladi. Ushbu murojaatnomada president Shavkat Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligini aytdi va «Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz,  ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman» — dedi [3]. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilash, har tomonlama yetuk shaxni tarbiyalash, kerak bo’lsa jahon miqyosida o’zining bilimi va slohiyati bilan dunyo yashlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni o’qitib, tarbiyalab va ta’minlab berishimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Talim sifatini rivojlantirishning eng asosiy jihatlaridan biri bu – umumta’lim maktabida o’qitiladigan fannlarni o’qitish samaradorligidir. 2015 yilda o’quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash boyicha xalqaro PISA (Pragramme for International Student Assessiment) dasturida qatnashgan 12 millionga yaqin o’quvchi o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha hatto oddiy topshiriqlarni ham bajara olishmadi. Tadqiqotning maqsadli guruhiga aholisining daromadi yuqori va o’rta darajada bo’lgan jahonning 72 mamlakatida yashaydigan 15 yoshli o’smirlar kirgandi[4]. Ta’lim sifatining samaradorligiga erishishda yuqoridagi faktga tayanadigan bo’lsak, o’qish, matematika va tabiiy fanlarga alohida urgu berilmoqda. Demak, biz umumta’lim maktabida bu fanlarni o’qitishni to’gri yo’lga qo’ya olsak, ta’lim sifatini yaxshilashda yuqori natijalarga erisha olamiz deb o’ylayman.Umumta’lim maktabi o’quvchilarining matematik bilimlarini rivojlantirish va hayotiy muhum vaziyatlarga tayyorgarligini takomillashtirish uchun  matematika darslarida o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish, bir hillikdan qochish, mavzuga oid bo’lgan hayotiy misollardan, matiqiy fikrlashga majmur qiladigan masalalardan, arifmetik hisoblarni osonlashtiruvchi va vaqtni tejaydigan mental matematikaning zamonaviy oquv vositalaridan, turli innavatsion pedagogik texnologiyalardan va metodik qo’llanmalardan unumli  foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Buning uchun avvalo matematika fani o’quvchilariga qo’yiladigan vazifalarni belgilab olish muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning ta’kidlashicha “ Ta’lim sifati ta’lim beruvchi sifatidan yuqori bo’lmaydi”. Umumta’lim maktabi matematika fani o’qituvchilariga qo’yiladigan vazifalar: matematika o’qituvchisining metodik tayyorgarligini belgilovchi rag’batlantiruvchi, kognitiv, jarayonli, integrativ mezonlarini takomillashtirish; matematika o’qituvchisining metodik tayyorgarligini konseptual, refleksiv, integrativ komponentlarini takomillashtirish mexanizmini ishlab chiqish; matematika o’qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasini ishlab chiqish; matematika o’qituvchisini tayyorlashning o’quv-metodik ta’minotini yaratish. Bu vazifalarni to’liq bajarib amalda qo’llay olgan matematika fani o’qituvchisi, albatta o’quvchilarining bilim darajasi sifatini ko’tara oladi. Chunki,  bugungi kunning asosiy talablaridan biri bu – umumta’lim maktabi o’quvchilarining ta’lim sifati samaradorligiga erishishdir. Bugungi jamiyatning o’quvchisi   mustaqil ravishda bilim olishga qodir bolishi, turli hayotiy masalalarni yechishda olgan bilimlarini amalda qo‘llashi,  turli ma’lumotlar bilan ishlashi, tahlil qilishi, umumlashtira olishi, bahslashishi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, turli muammolarni hal qilishning oqilona usullarini izlashi, do’stona aloqalarni o’rnata olishi , turli ijtimoiy guruhlarda muloqot qilishi, o’zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Shunga qarab maktabning roli ham o‘zgarib boradi. Uning asosiy vazifalaridan biri shaxsni shakllantirish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu shartlar quyidagilarga qaratilgan: har bir o’quvchining faol ishtirok etishi kognitiv jarayon; tegishli kommunikativ ko’nikmalarni namoyish etish zarur bo’lganda turli muammolarni hal qilishda hamkorlik muhitini yaratish; muayyan muammo bo’yicha o’zining mustaqil va asosli fikrini shakllantirish, uni har tomonlama o’rganish imkoniyati; intellektual qobiliyatlarni doimiy ravishda takomillashtirish. Bu vazifa nafaqat ta’lim mazmunini, balki kompetensiyaga asoslangan yondashuv va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat bo’lishi kerak. Kompetentsiyaga asoslangan yondashuvning zarurati  zamonaviy  ta’lim tizimini, axborot texnologiyalaridan, innovatsion texnologiyalardan, shuningdek, eng yangi zamonaviy o’quv vositalaridan yuksak darajada foydalanish kerakligidan kelib chiqmoqda. «Rossiya ta’limini modernizatsiya qilish kontseptsiyasi» da shunday deyilgan: «Umumiy ta’lim maktabi universal bilimlar, ko’nikmalar, shuningdek, mustaqil faoliyat tajribasi va o’quvchilarning shaxsiy mas’uliyatining ajralmas tizimini shakllantirishi kerak, ya’ni. asosiy kompetensiyalar ta’lim mazmunining zamonaviy sifatini belgilab beradi” [6]. Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida insonga shaxsiy va kasbiy hayotida natijalarga erishish imkonini beradigan eng keng tarqalgan qobiliyat va ko’nikmalar mavjud. Ular o’quv jarayonida olingan bilim va ko’nikmalarni muvaffaqiyatli qo’llash natijasida o’zlashtiriladi. Tadqiqot kompetensiyalari axborotni topish va qayta ishlash, turli ma’lumotlar manbalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishni anglatadi; turli auditoriyalarda turli materiallarni taqdim etish va muhokama qilish; hujjatlar bilan ishlash. Ijtimoiy va shaxsiy qobiliyatlar jamiyatimiz taraqqiyotining ayrim jihatlarini tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish; hozirgi va o’tmishdagi voqealar o’rtasidagi aloqani topish; ta’lim va kasbiy vaziyatlarning siyosiy va iqtisodiy kontekstlarining ahamiyatini bilish; san’at va adabiyot asarlarini tushunish; munozarada qatnashish va o’z fikrini ishlab chiqish; Muloqot qobiliyatlari boshqa odamlarning fikrlarini tinglash va hisobga olish ko’nikmalarini shakllantirishni o’z ichiga oladi; o’z nuqtai nazaringizni muhokama qilish va himoya qilish; omma oldida gapirish; o‘z fikrini adabiy ifodalash; grafiklar, diagrammalar va ma’lumotlar jadvallarini yaratish va tushunish. Shaxsiy ishni tashkil etish qobiliyatlarini shakllantirish; Qaror qabul qilmoq; mas’uliyatli bo’lish; aloqalarni o’rnatish va qo’llab-quvvatlash; fikrlar xilma-xilligini hisobga olish va shaxslararo ziddiyatlarni hal qila olish; muzokaralarni olib borish; hamkorlik qilish va jamoada ishlash; O’quv jarayonida asosiy kompetensiyalarni o’quvchi quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda egallashi mumkin: O’quv jarayonini o’quvchining mustaqilligi va o’z faoliyati natijalari uchun javobgarligini rivojlantirishga yo’naltirish; Ta’lim usullarini o’zgartirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish [6]. O‘quvchining kompetensiyasi – o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir6. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim[5]. Xulosa Yuqoridagi ma’lumotlarga tayangan holda o’qituvchining darsdagi bir yoqlama faoliyatidan voz kechish va o’quv jarayonidagi mustaqillik, faollik va o’quvchilarning o’z faoliyati natijalari uchun javobgarligiga o’tkazish imkonini beradi. O’qitish metodikasini o’zgartirish o’quvchilar bilan ishlashi individuallashtirish (individual traektoriyalarni belgilash), e’tiborni ma’lumotlar bilan ishlash usullarini o’zlashtirishga, yuklamalarni guruhlarga taqsimlash, muammoni hal qilishga imkon beradi. Ko’rib turganimizdek, intellektual umumiy ta’lim ko’nikmalarini egallash ustuvor hisoblanadi. Zamonaviy ta’limning muhim yo’nalishlaridan biri kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishga imkon beradigan yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishdan iborat bo’lib, shu orqali ta’lim sifatining samaradorligiga erishish imkoniyatlarini kenggaytiradi. Zamonaviy maktab o’quvchilarning  hayotiy vaziyatlarda erkin harakatlanish, jamiyatning faol a’zosi bo‘lish, o‘z tamoyillari va qarashlariga ega bo‘lish hamda ularni himoya qila olish imkonini beradigan manbai hisoblanadi. Barkamol shaxsni tarbiyalashda va talim sifatini oshirishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvdan foydalanish tamoyillarini amalga oshirish samaradorligi bevosita kompetensiyaga asoslangan shaxsni faol shakllantiradigan kompetensiyaga asoslangan tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli ham umumta’lim maktablarida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’z-aro ahillik, do’stona munosabat, kirishuvchanlik, moslashuvchanlik va umumiy aytganda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim jarayoni olib borilsa, ta’lim sifati samaradorligiga erishishga bir muncha yaqinlashgan natijalarga ega bo’lamiz. ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida       PQ-4947-son qarori 2.Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-maydagi PQ-4708 sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori. 3.MUROJAATNOMA 2022. – www.lex.uz. 4.Published: 27 January 2020. World class: How to build a 21st-century school system. By Andreas Schleicher. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD), Paris, 2018, 296 pp. Strong Performers and Successful Reformers in Education series. ISBN 978-92-64-29947-9 (pbk), ISBN 978-92-64-30000-2 (ePDF). This book is also available in German, Spanish and Portuguese.
  1. 5. Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. «Education, Science and Innovation,» 2 (2), 45-50.
  2. 6. Zimnyaya I. A. Shaxsning kompetentsiyasi – ta’lim natijasining yangi sifati // Ta’lim sifati muammolari. – 2-kitob // XII Butunrossiya materiallari-uchrashuv. – M.; Ufa: Mutaxassislarni tayyorlashda sifat muammolari tadqiqot markazi, 2003. – B.4-13
  3. 7. Maxmutov M. I. Ta’limning kasbiy yo’nalishi printsipi / Zamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotda ta’lim tamoyillari // Universitetlararo ilmiy ishlar to’plami. – Chelyabinsk, 1985. – S.52-56
  4. 8. Chernilevskiy D. K., Filatov O. K. Oliy ta’limda o’qitish texnologiyasi: Darslik / Ed. D.K. Chernilevskiy. – M.: Ekspeditor, 1996 yil
  5. 9. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).