Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu platformalar orqali universitet pedagoglarining malakasini oshirish, ularni zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ayniqsa raqamli innovatsiyalardan samarali foydalanishga yo‘naltirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Anora Jabborova ochib berdi. Shundan so‘ng Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi uslubchisi Ismoilov Mirzamahmud “Universitet professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalarini bajarish tartibi” mavzusida taqdimot qildi.

Universitetda tashkil etilayotgan bu seminarlarda har gal yurtimizdagi yetuk olimlar, sohaviy ekspertlar va tajribali mutaxassislar ishtirok etishi an’anaga aylangan. Bugungi seminarga ham sohaning yetakchi mutaxassisi, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti, Hamidov Vohid Sobirovich taklif etildi.

U o‘z ma’ruzasida “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va dars samaradorligini oshirish” mavzusida muhim metodik yo‘nalishlar va amaliy qo‘llanmalarni o‘rtoqlashdi.

Yig‘ilish “Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari” mavzusi yuzasidan fikr almashinuv va savol-javoblar bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 922
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...