Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/12/2025
Chop etish
Turkiyalik hamkorlar bilan memorandum imzolandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Turkiyaning nufuzli Anadolu universiteti vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar tadbirni o‘z universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv videotaqdimoti bilan ochib berdilar.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, turk tilini onlayn o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, JDPU talabalari uchun Anadolu universitetida masofaviy ta’limda o‘qish imkoniyatlarini yaratish hamda Turkiyaning oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tadbirda Anadolu universiteti bosh kotibi, rektor o‘rinbosari Ecevit Öksüz, masofaviy ta’lim va xalqaro hamkorliklar bo‘yicha direktori Salih Gümüş iborat delegatsiya, shuningdek Nejmiddin Erbokan universiteti professori Birol Mercan ishtirok etdi. Ular tomonidan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi.

JDPU rektori Maksudjan Yuldashev qardosh xalqlar o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va oxirgi yillarda oliy ta’lim sohasidagi yaqin hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, barcha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro memorandumni imzoladilar va ramziy sovg‘alar almashdilar. Dastlabki amaliy ishlar dekabr oyining 12–13 kunlari boshlanishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Anadolu universiteti 44-yildan buyon kunduzgi, masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan Turkiyaning yetakchi ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Universitetda 1600 nafar pedagog-mutaxassislar mehnat qiladi, 25 nafar talaba kunduzgi bo‘limda tahsil oladi. 1 million talaba esa masofaviy ta’limda tahsil oladi. Ushbu oliygoh 44-yil davomida 10 milliondan ortiq bitiruvchi yetishtirgani bilan bir qatorda Turkiyada masofaviy ta’limning asoschisi sifatida e’tirof etilgan.

 


Ulashish:
1 685
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...