Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2025
Chop etish
JDPUda gender tenglik bo‘yicha audit ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida gender tenglik masalalari yuzasidan navbatdagi audit yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga oid qonunchiligi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar qarori hamda uslubiyatlar asosida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Jizzax viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Qodirov, JDPU rahbariyati, fakultet dekanlari, maslahatchilar, psixologlar hamda Axborot resurs markazi va boshqa bo‘limlar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda universitetda ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, rahbarlik lavozimlariga kirish, ilmiy va ijodiy faoliyatda ishtirok etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi.

Auditning asosiy maqsadi — JDPUda gender tenglik siyosatining amaliy ijrosini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va samarali tajribalarni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.


Ulashish:
1 855
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.