Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2025
Chop etish
“Mehr ulashamiz” xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan zarur buyumlar o‘z egalariga topshirildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot xizmati hamda Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Maxsus pedagogika” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mehr ulashamiz” xayriya aksiyasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Qariyb ikki oy davom etgan ushbu aksiya doirasida imkoniyati cheklangan va inklyuziv ta’limga jalb etilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun issiq kiyimlar va turli zarur buyumlar yig‘ildi.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan aksiya tashkilotchilari Jizzax shahridagi 36-maktabning inklyuziv sinfi hamda 5-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, yig‘ilgan issiq kiyimlar va zarur buyumlarni bolajonlarga topshirishdi.

Zarur buyumlar va issiq kiyimlarni topshirish jarayoni iliq va hayajonli ruhda kechdi. Minnatdorchilik sifatida bolalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

“Mehr ulashamiz” xayriya aksiyasida faol ishtirok etgan, muhtoj bolajonlar uchun nafaqat issiq libos, balki mehr, e’tibor va ezgulik ulashgan barcha hamkasblarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.


Ulashish:
1 582
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.