Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2025
Chop etish
JDPU talabasi Jizzax shahridagi Prezident maktabida ochiq dars tashkil qildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Irkayeva Taxmina Jizzax shahridagi Prezident maktabida amaliyot jarayonlari doirasida ochiq dars tashkil etdi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va kommunikativ ta’lim tamoyillari asosida olib borildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bilan ingliz tilida muloqot, juftlik va guruhli ishlash, kreativ topshiriqlarni bajarish kabi faol usullar qo‘llanildi.

 

Tadbirni Prezident maktabi o‘qituvchilari JDPUning tegishli mas’ullari kuzatib bordilar.Ular darsning mazmuni, talabaning pedagogik mahorati va dars jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini yuqori baholab, amaliyotchi talabalar uchun bunday tajribalar juda muhim ekanini ta’kidladilar.

Irkayeva Taxminaning ochiq darsi universitet talabalari uchun ham namunaviy tajriba bo‘lib, yosh pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, Prezident maktablari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

JDPU ta’lim sifatini oshirish, amaliyot jarayonlarini takomillashtirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil faoliyatini davom ettirmoqda.


Ulashish:
1 874
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...