Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2025
Chop etish
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdilar.

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, «A» sanoat hududida joylashgan Jizzax viloyati Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 29-sonli markaziy koloniyasiga universitet talabalarining tashrifi tashkil etildi.

Talabalar koloniya faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahkumlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida giyohvandlikning oqibatlari nafaqat shaxsning hayotini barbod qilishi, balki uning oilasi, atrof-muhiti va butun jamiyat uchun og‘ir ijtimoiy muammolarga sabab bo‘lishiga bevosita guvoh bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, ushbu masalada Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri yoshlar, ota-onalar va pedagoglarni giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qo‘shma murojaatni e’lon qilishgan edi. Bu murojaat Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori tomonidan ham keng targ‘ib qilinmoqda.


Ulashish:
1 786
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...