Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
03/12/2025
Chop etish
Tabiiy fanlar fakultetida “Ekologik qonunchilik – mening huquq va burchlarim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tabiiy fanlar fakultetida talabalarning ekologik madaniyatini oshirish, ularda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda amaliy ekologik bilimlarni mustahkamlash maqsadida “Ekologik qonunchilik – mening huquq va burchlarim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, fakultetning faol talabalari hamda ekologik sohada tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida mamlakatimizda amal qilayotgan ekologik qonunlar, fuqarolarning tabiatni asrash borasidagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarning roli haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Orolbo‘yi hududida amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari va “Yashil makon” tashabbusi doirasidagi amaliy ishlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi. Suhbat yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbir ekologik madaniyatni yuksaltirish, yoshlarning huquqiy bilimini oshirish va ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
1 228
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.