Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

SUITSIDGA MOYILLIGI MAVJUD BO’LGAN O’SMIRLAR BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN PSIXOPROFILAKTIK ISHLAR

Jumanova Nasiba SHerbaevna, katta o’qituvchi Jizzax Davlat pedagogika universiteti njumanova69@mail.ru Annotatsiya: Maqolada suitsidga moyilligi bo’lgan o’smirlar, ular bilan amalga oshiriladigan psixoprofilaktik ishlar haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: o’smir, suitsid, profilaktik ishlar, shaxslararo munosabatlar, ta’lim muassasalari   Zamonaviy psixologiyada mavjud psixologik profilaktika amaliy va ilmiy nazariyalarga asoslangan bo’lib, ta’lim muassasalari, oila, ommaviy axborot vositalari, jamoa va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatlarining hamkorlikda amalga oshiriluvchi o’zaro uzviylikdagi kompleks chora – tadbirlarini o’z ichiga oladi. Psixologik tadqiqotlarda suitsidal urinishga aynan qaysi noto’g’ri tarbiyaviy ta’sir yoki deviant xulq ko’rinishlari sabab bo’lganligi to’liq aniqlanmagan. SHu bois suitsidal faollik rivojlanish havfi mavjud guruhlarga taalluqli bo’lgan pedagogik-psixologik korrektsion dasturlar kompleksi ishlab chiqilishi zarur. Bu dasturlar o’smir suitsidentlarning o’z xulq-atvorini nazorat qilishga ko’maklashish, muqobil ijtimoiy muhit bilan aloqasini tiklash va rivojlantirishning pedagogik- psixologik usul va vositalarini aniqlashga qaratilgan. Olib boriladigan psixoprofilaktik tadbirlarda o’smirlarni uning atrofidagi shaxslarning salbiy ta’sirlaridan saqlash maqsadida psixologik–pedagogik xamda ijtimoiy ko’mak berishda qaratilgan, ya’ni:
  1. a) oila, mahalla, o’quv guruhi, sinf va pedagogik jamoa, ommaviy axborot vositalari;
  2. b) o’smirlar shaxslararo munosabatlari asosiy qirralariga ta’sir qiluvchi ta’lim va tarbiya sharoitlarini optimallashtirishdan iborat.
Demak, psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi –o’smirlarda suitsidal urinishlar sodir etilishiga olib keluvchi salbiy ijtimoiy- psixologik, pedagogik omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishning korrektsion tarbiyaviy tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi.        O’smirlar suitsidal urinishlarining maxsus profilaktikasi quyidagilarni qamrab oladi: – suitsidal muammolar to’g’risidagi mish-mishlarni tarqatib yuborish; – o’smirlar suitsidal faolligini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy – psixologik vaziyatlarni tadqiq etish; – suitsidal havf darajasi yuqori bo’lgan o’smirlar bilan korrektsion tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, ular bilan doimiy muloqot o’rnatish, muammolarni hamkorlikda muhokama qilish; – suitsidal fikrlarni vujudga keltirish ehtimoli mavjud ommaviy axborot vositalari manbalarini tahrir qilish: – Milliy urf odatlar, an’analar, marosimlar qiziqarli, ko’ngil ochar dasturlarning suitsidal xulq-atvorli o’smirlar bilan o’tkaziladigan psixoprofilaktik tadbirlar rejalariga kiritilishi, ularning atrofidagi insonlar bilan ijtimoiy aloqalar o’rnatishlari, suitsidal faollikka olib kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy dezadaptatsiya holatlarini bartaraf etish imkonini beradi. O’smirlar bilan olib boriladigan psixoprofilaktik ishlar umumiy yo’nalishining asosiy mazmunini jamoada suitsidogen sharoitining saqlanib qolishi, suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga imkon tug’diruvchi pedagogik – psixologik, ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni zaiflashtirish va bartaraf etish tashkil qilishi lozim. O’smir o’z tengqurlari, jamoa hayoti va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa manfaatlarini ko’zlab yashashga hamda o’z hatti-harakatlarini ana shu jamoaga bo’ysundirishga o’rganadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, psixoprofilatik tadbirlarni amalga oshirish bir qator omillarga bog’liq bo’lib, aniq yechimi mavjud emas favqulodda murakkab vazifa-bu, o’smirlarning suitsidal xavf darajasini aniqlashdir. Mutaxassislarning fikricha, suitsid xavfining individual-psixologik omillarini quyidagi xususiyatlar tashkil etadi: – oilaviy tarbiya sharoitlari (ilk bolalikda otasining yo’qligi, oilada matriarxal uslubdagi munosabatlar, ichkilikboz, ruhiy kasal a’zolari bor oilada tarbiyalanganlik, o’smirga nisbatan haddan ziyod cheklashlar yoki kuchli nazorat, uning fikri bilan ota-onaning hisoblashmasligi, bolalikda boshidan kechirgan kuchli ruhiy zo’riqish: kuchli qo’rquv, ruhiy yoki jismoniy jarohatlar, o’zgalar tomonidan inkor etilish, yaqinlari tomonidan o’z joniga suiqasd qilish sodir etilgan oilada tarbiyalanganlik va sh.k.); -o’smirning ta’lim muassasi, oila tarbiyaviy ta’sirlariga befarq munosabatda bo’lishi; – takroriy suitsidal harakatlarni sodir etish; – xulqiy og’ishlar; – ijtimoiy mavqening yo’qotilishi, ijtimoiy muhitdan ajralib qolish; – muqaddas sevgi munosabatlarining uzilishi; – o’smir qiziqishlari, ehtiyojlari inobatga olinmagan holda unga nisbatan o’tkazilgan “bosim”(kiyinishda, do’st tanlashda, maktabdan keyingi ta’lim muassasaini tanlashda) tazyiq; – jinoiy jazolanadigan harakatlarni sodir etish; O’smirlar suitsidal xulq-atvori profilaktikasining nihoyatda muhim, mas’uliyatli bosqichini suitsidentga yordam ko’rsatish tashkil etadi.    Psixologik amaliyotning ko’rsatishicha, suitsidal fikrga ega bo’lgan o’smirga yordam ko’rsatishning uch asosiy yo’li mavjud: – o’smirning suitsidal xulq-atvorini o’z vaqtida diagnostika qilish, va unga mutanosib psixologik korrektsiyasini amalga oshirish; – inqiroz (depressiya) holatidagi o’smirni faol emotsional qo’llab-quvvatlash; – salbiy vaziyatlarni yengillashtirish, yumshatish maqsadida uning ijobiy yo’nalishlarini rag’batlantirish. Korrektsion tadbirlarni amalga oshirish jarayonidagi tarbiyaviy aralashuvning imkoniyati yoki zaruriy diagnostik vositalari mavjud bo’lmagan holatlarda o’smirni qiyin vaziyatlardan chiqib ketish yo’llarini aniqlash va inqirozli holatni yengib o’tishning markazida suitsident bilan individual profilaktik suhbat turadi. U o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bular quyidagilarda aks etadi: – hech qachon o’smirni suhbatga uchinchi shaxslar orqali taklif etish mumkin emas, taklif shaxsan bildirilishi lozim (yaxshisi u bilan tasodifiy ravishda uchrashgandek bo’lib, u bilan uchrashuv uchun bahona yoki qandaydir oson iltimos yoki vazifa bilan murojaat qilish lozim). – suhbat joyini tanlashda eng asosiysi – begonalarning bo’lmasligiga e’tiborni qaratish (suhbat qancha vaqt davom etmasin, uni hech kim bo’lmasligi lozim); – iloji boricha suhbatni ishdan, o’qishdan keyingi vaqtda rejalashtirish lozim; – suhbat jarayonida hech qanday yozuvlarni olib bormaslik, soatga qaramaslik, qandaydir ishlarni «yo’l-yo’lakay» bajarmaslik maqsadga muvofiq bo’lib, o’zingizning butun ko’rinishingiz bilan suitsidentga, Siz uchun hozir ushbu suhbatdan muhim hech narsa yo’qligini namoyon etish lozim. Xulosa qilib aytganda, pedagog xodimlar boshqa o’quvchilarga nisbatan xushyorlikni oshirishlari uchun o’z joniga qasd qilish holati yoki suitsidal urinish haqida ehtiyotkorlik bilan, ammo ob’ektiv tarzda ota-onalarni xabardor qilishlari kerak. Adabiyotlar ro’yxati:
  1. «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
  2. Yo’ldoshev X.K. Barkamol avlodni tarbiyalash oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi kontseptsiyasi. – T., 2012.
  3. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. – T.: «Akademiya», 2007.
  4. Nasiba Jumanova, TSELI I ZADACHI AKTIVATSII, USKORENIYa PEDAGOGICHESKIX TEXNOLOGIY , Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 1 № 1 (2021): Zamonaviy ta’limda pedagogika va psixologiya fanlari
  5. Jumanova, N. (2021). PROFILAKTIKA PSIXOLOGICHESKIX DEFEKTOV V RAZVITII LICHNOSTI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 1(1). izvlecheno ot https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1365
  6. Jumanova, N. (2021). XARAKTERISTIKI PROBUJDENIYa STARSHEY GRUPPЫ DETEY LYuBOVЬ K LITERATURE. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 1(1). izvlecheno ot https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1366
  7. Jumanova, N. (2020). AKTUALЬNЫE VЫZOVЫ SOVREMENNOY NAUKI. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
  8. Obidova, D., & Nasiba, J. ANALYSIS OF THE ACTIVITIES OF HEALTH CARE INSTITUTIONS: PROSPECTS FOR THE APPLICATION OF PSYCHOLOGICAL KNOWLEDGE.
  9. Atamurodova, R. K., Jumanova, N. SH., & Alimkulov, S. O. U. (2016). Vzglyadы uchyonыx srednevekovьya o dushe cheloveka. Problemы pedagogiki, (8 (19)).
  10. Sherboevna, N. J. (2020). THE USE OF INTEGRATED TECHNOLOGIES IN THE CULTIVATION OF CHILDREN’S SPEECH IN PRESCHOOL EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(2).
  11. Jumanova, N. (2023). O‘SMIRLARDA STRESSNING PAYDO BO‘LISHI VA UNING OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISH USULLARI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(2). izvlecheno ot https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8332
  12. Jumanova, N., & Hamidova, M. (2023). O’QUVCHILARINING O’QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYaLARI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(2). izvlecheno ot https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8338
  13. Jumanova, N., & Hamidova, M. (2023). O’QUVCHILARNING O’QUV FAOLIYaTI JARAYoNIDA KASBIY MOTIVATSIYaSINI RIVOJLANTIRISH. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(2). izvlecheno ot https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8343