Maxamatova Feruza Safaraliyevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada raqamli ta’lim muhiti asosida oliy ta’lim talabalarining intelektini rivojlantirish va shu asosida ularni intelektual faoliyatga tayyorlash masalalari bayon etilgan.
Kalit so`zlar: masofaviy taʼlim, raqamli taʼlim, raqamlashtirish, АKT savodxonlik, kompyuter, innovatsion texnologiyalar, pedagogik qobiliyat, yaratuvchanlik.
Annotation: The article describes the issues of developing the intellect of higher education students based on the digital educational environment and preparing them for intellectual activity.
Key words: distance education, digital education, digitization, ICT literacy, computer, innovative technologies, pedagogical skills, creativity
Аннотация: В статье рассмотрены вопросы развития интеллекта студентов высших учебных заведений на основе цифровой образовательной среды и подготовки их к интеллектуальной деятельности.
Ключевые слова: Ключевые слова: дистанционное образование, цифровое образование, цифровизация, ИКТ-грамотность, компьютер, инновационные технологии, педагогическое мастерство, креативность.
O`z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir», deb yozgan edilar. Bolalarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash uchun har qanday ta’lim muassasasi tinimsiz harakatlar asosida faoliyat olib bormoqda. Bu borada maktabgacha ta’lim muassasi, maktab, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasida yosh avlod chuqur bilim egasi bo‘lib yetishib chiqishiga harakat qilinmoqda. Bu borada ayniqsa, oliy ta’lim muassasasi juda ahamiyatli. Hozirgi vaqtda ta’lim sifatini oshirish sohasida milliy loyihalarni amalga oshirishga bo’lgan munosabati butun jamoatchilik e’tiborida. Talabalarning intellektual va axloqiy tayyorgarligiga qo`yiladigan talablarning kuchayishi, oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi bilan bog‘liq o’zgarishlar, oliy ta’lim muassalarining kadrlar tayyorlashdagi jiddiy raqobat sharoitini keltirib chiqaradi, bu esa ta’lim sifati muammosi OTMda eng muhim masala hisoblanadi.
Talabaning intellektini rivojlantirish pedagog-psixologlardan mashaqqatli harakatni talab qiladi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ham islohotlar sezilarli sur’atlarda o‘sib borayotgani, innovatsion texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimida o‘z o‘rnini topib bormoqda. Masalan, ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalari ta’lim berishning kredit-modul tizimiga o‘tdi, o‘qish va o‘qitishning ilg‘or usullari, o‘quv jarayonida foydalaniladigan metodlar, o‘quv jarayonini kreativlik asosida tashkil etish, oliy ta’limni innovatsion rivojlanishi uchun axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’lim platformalaridan foydalanish hamda oliy ta’lim muasasalarida kasb va ixtisoslik fanlarini o‘qitishga ajratilgan soatlar ko‘paytirilmoqda. Bularning barchasi o‘qituvchi va talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishda yuqori natijalarni erishishga yordam beradi.
Oliy ta’lim tizimidatalabalar intelektini rivojlantirish har bir talabaning imkoniyatlari va qobiliyatini hisobga olishni o‘z ichiga olgan mustaqil ta’limni rivojlantirishimiz kerak. Afsuski, bizning ta’lim tizimimizda uzoq vaqt davomida talabalar mustaqil ta’limga individual yondashish imkonini beradigan real mexanizmlar mavjud emas edi. Balki bunga talabalarda kuchli ehtiyoj bo’lmagandir. Binobarin, oliy ta’limida o‘zining intellektual va ma’rifiy salohiyatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsata oladigan shaxsni kamol toptirish va tarbiyalash birinchi o‘ringa qo‘yilishi kerak. Talabalar mustaqil ta’limni bajarish jarayonida o`zlarining kreativlik sifatlari asosida yondashadilar. Bu esa ularning intelektual rivojlanishiga ham asos bo`ladi.
Demak, talabalarning ijodiy salohiyatini, individual qobiliyatlarini ochib berish, kelajakda kasbi bilan bog‘liq fazilatlarni shakllantirish uchun OTM amaliyotida taqdimot darslari, konferensiya darslari, ishbilarmonlik o‘yinlari kabi mustaqil ta’lim shakllaridan foydalanishni amalga oshirish zarur. Bu turkumda talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, har bir talabaning individualligi va ijodiy salohiyatini ochib berishga yordam beradi. Kompyuterning interfaol va interaktiv imkoniyatlari o‘quv jarayonining motivatsion sohasiga va uning tuzilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Kompyuterda imlo yoki tinish belgilarini tushunish uchun qulay ish sharoitlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Jadvallar, diagrammalar, ma’lumotnomalar ko’rinishidagi ta’lim dasturlarida vizualizatsiyaning turli shakllari grafika, rang, tovush, piktogramma va boshqalar yordamida dinamikada nafaqat statik ma’lumotlardan, balki turli tillaridan (ingliz, nemis, rus) ham foydalanish imkonini beradi.
Talabalar e’tiborini faollashtirish, ularda kreativlikni rivojlantirish shaxsning ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi. Taqdimotda diagrammalar, jadvallar qurilishi vaqtni tejashga, materialni yanada estetik jihatdan tartibga solishga imkon beradi. Har xil qiziqarli vazifalar darsni yanada qiziqarli qilish imkonini beradi. Talabalar mustaqil va ongli ravishda berilgan topshiriqlarga ijodiy yondashsa, ularning intelektual qobiliyatlari ham rivojlanadi.
Shunday qilib, OTM talabalari tengdoshlari tomonidan tayyorlangan taqdimotlarni tomosha qilish va baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va talabalarga nafaqat kompyuter texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni, balki ijodiy qobiliyatlarini ham namoyish qilish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarda mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonida inson qadrini ulug‘lash, shaxs kamolati, rivoji, ma’naviy barkamolligi hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayoniga muhim qadriyat sifatida qarab, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish masalasini ustuvor soha sifatida belgilash oid ishlar rejali amalga oshirib kelinmoqda.
Oliy o‘quv yurtida talabalari o‘qituvchilardan ta’lim jarayonida quyidagi ko`nikmalarni egallaydilar:
-Pedagogik mahorat
-o‘z fikrini ravon ifodalay olish
-o‘quvchilar qiziqishini orttirish
-darsni to‘g‘ri tashkillay olish
-tahlil qilishga, taqqoslashga o‘rgatish va hokazo.
Shu jumladan, pedagogik ta’lim jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida talabalarning intellektual qobiliyatlarini shakllantirishda kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi natijasida ham talabalarda:
-masofaviy o‘quv kurslarini va electron adabiyotlarni yaratish;
-kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxasislarning birlashishi;
– talabalarni iqtidoriga qarab kasbiy bilimlarni o‘rgatish;
-o‘rganilayotgan voqea-hodisalarni modellashtirish kabilar orqali chuqur bilim egasi bo‘lishiga ham ko‘mak beradi.
Shunday qilib, raqamli ta’lim muhitida bo`lajak o`qituvchilarning intelektual qobiliyatlari rivojlanadi hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyatining mazmuni o‘zgaradi: u faqat bilimning yetkazib beruvchidan to‘xtaydi va yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiquvchiga aylanadi. Talabaning o‘quv faoliyatining tabiati ham keskin o‘zgaradi, chunki u nafaqat o‘qituvchi va guruhdoshlari bilan, balki kompyuter bilan ham muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu zamonaviy OTMning asosiy vazifalaridan biri – ta’lim sifati muammosini hal qilish imkonini beradi.Bu asosda ularda intelekt hamda kreativlik rivojlanadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
- Tolipov O`.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. – T.: Fan, 2004. – 173 b
2.Safaraliyevna, M. F. (2022). Bo‘lajak o‘qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy jihatdan zarurligi va ularni amalga oshirishning konseptual asoslari. integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 168-172.
- Numonova N. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar.