- Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch Toshkent “Ma’naviyat” 2008 y.
- Tursunov D.S. O‘quvchilarda tarbiya metodi orqali vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish. Toshkent 2017 y.
O‘ZBEKISTONIM – GO‘ZAL BO‘STONIM
A.Qodiriy nomli JDPU
1 – bosqich talabasi B.I.Qarshiboeva
Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi H.SHukurova
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, muqaddas ona Vatanini asrash, avaylash va qadrlash tuyg‘ularini shakllantirishga oid bo‘lgan metodik tavsiyalar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: mehr-muhabbat, Ona Vatan tuyg‘usi, milliy madaniyati, muqaddas, milliy ma’daniy, vatan fuqarosi, millat farzandi, barcha millat, Bola tarbiyasi, uzoq tarix, ruhiy kamolot.
Annotatsiya: V dannoy state danы metodicheskie rekomendatsii po povыsheniyu lyubvi uchaщixsya k Rodine, k zaщite, zaщite i seneniyu Svyatoy Rodinы.
Klyuchevыe slova: lyubov, chuvstvo Rodinы, natsionalnaya kultura, svyaщennoe, natsionalnaya kultura, grajdanin stranы, ditya natsii, vse narodы, detskoe vospitanie, mnogovekovaya istoriya, duxovnaya zrelost.
Annotation: Methodological recommendations are given in this article to increase the students’ love for the motherland, to protect, protect and appreciate the Holy Motherland.
Key words: love, Motherland feeling, national culture, sacred, national culture, citizen of the country, child of the nation, all nations, Child education, long history, spiritual maturity
Dunyoda shunday mehr-muhabbat tuyg‘ulari borki, uni hech narsaga tenglashtirib bo‘lmaydi. Ana shunday tuyg‘ulardan biri Vatan tuyg‘usidir.
Inson dunyoga kelib, ko‘z ochib ko‘rgani kindik qoni to‘kilgan zamini- vatanIdir.
SHuning uchun har bir kishi uchun Vatan bir umr aziz, muqaddas dargoh sanaladi. Payg‘ambarimiz Muhammad.S.A.V bir muborak hadislarida “Xubbul vatani minal iymoni” deb aytib o‘tganlar. YA’ni “vatanni sevmoq iymondan”dir. Ushbu hadisning ma’nosi shu qadar teranki, u inson tuprog‘ini va asrorini unga jonini fido etish nafaqat vazifasi, balki burchi ekanlinin anglatadi. Bu tuyg‘u keyinchalik ona allasi, ota-ona va atrofdagilar tarbiyasi bilan kamol topadi.
Vatan bu – har bir insonga oliy bir nasiba, ilohiy bir ne’matdir. Ota-onaning farzandiga mehr muhabbati cheksiz bo‘lgani kabi, har bir inson bolasining ona erga, tug‘ilib o‘sgan vataniga muhabbati cheksizdir.
Ona Vatan tuyg‘usi – odam Ato va Momo havvodan yodgorki, ular ona erda o‘sib ulgayganlar. SHu zaminda uy-joy, oila, farzand ko‘rganlar. Hatto, qadimgi urg‘un Enasoy bitiklarida ham vatan haqida ajoyib so‘zlar bitilgan.
Bizga ma’lumki, qadim-qadimdan turkiy qabilalarning buyuk bobokolonlari tomonidan vatanni abadiy bo‘lishini istaydi va shu maqsad yo‘lida mardona kurashadi. Ular o‘z haqqini, farovon yashashlarini ta’minlash maqsadida, vatanni sevish, el-yurtni, uning tabiat olamini, urf-odatlarini, hatto barcha fazilatu-xususiyatlarini jondan yaxshi ko‘rishlari bilan ibrat bo‘lib kelganlar.
YArim asr oldin muqaddas ona vatanidan quvg‘in qilingan qrim tatarlari, Mesxet turklari imkon bo‘lishi bilan yoppasiga ona vatanlariga oshiqishib, hattoki jannatmonand diyorimiz bo‘lmish O‘zbekistondan uy-joylarini tashlab ketishlarini ham, o‘z yurtlariga muhabbati deb tushunamiz.
Har bir xalq faqat o‘z vatanida haqiqiy milliy madaniyatini yaratadi va ma’naviy boyligini oshiradi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov o‘z she’rlarida
Men nechun sevaman O‘zbekistonni
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.
Nechun vatan deya eru-osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o‘smaydimi o‘zga erda-yo,
YOki quyoshlimi sevgimga sabab,
Axir quyoshliku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni
Bog‘lari jannat deb ko‘z-ko‘z etaman.
Nechun ardoqlayman tuprog‘ini men
O‘paman tuprog‘in bebaho Vatan.
SHoir zikr etganidek, insonga vatan bitta bo‘ladi. Ana shu tanho vatanni hayot qadar sevish chinakam iymon belgisidir.
Vatanni faqat boyligi uchungina sevish-bu soxta muhabbat. YA’ni foydasi tegmaydigan odamga qo‘l siltab ketadigan munofiqlarni xulqiga o‘xshash bir holat.
Vatan inson qalbida muqaddas va sirli, sinoatli tuyg‘u tarzida namoyon bo‘ladi.
Har bir odam vatanidan qanchalik uzoq ketmasin, umri so‘ngida u o‘z ona go‘shasiga qaytmoqni istaydi. Xalqimiz o‘zining milliy ma’daniy qadriyatlarini tiklash bo‘yicha ishlari orqali yoshlarga vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi ham shakllantirib kelmoqda.
O‘zbekiston o‘zining buyuk kelajagi yo‘lida zalvorli qadam tashlar ekan, bu sharafli yo‘lidagi hal etiladigan masalalardan biri milliy istiqlol mafkurasini yaratib, hayotga tatbiq etishdir. Milliy istiqlol mafkurasi hal qilinishining azaliy an’analariga udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanadi va kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat va ma’rifat tuyg‘ulari orqali vatanga bo‘lgan muhabbatini shakllantirishiga zamin yaratadi.
Demak, inson dunyoga kelar ekan u ma’lum bir vatan fuqarosi, millat farzandi bo‘lib tug‘iladi va voyaga etadi. SHu millatga, shu diyorga xos, urf-odatlar, an’analar, madaniyat, ma’rifati shakllanib rivojlanib boradi. SHu tufayli ham unda shu millatga nisbatan faxrlanish, g‘ururlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. SHu millat, shu diyorga nisbatan mas’uliyat burch hissi namoyon bo‘ladi.
SHoir Erkin Vohidovning ushbu satrlari kishi qalbini to‘lqinlantirib yuborishi ham bejiz emas:
O‘zbekiston deb keng jahonga,
Ne uchun madh etmay o‘zligin bilmoqqa davrin.
Berdi imkon o‘zbegim.
Binobarin, shuni ta’kidlash lozimki, bunda boshqa millatni kamsitish, qoralash erga urish mutlaqo ko‘zda tutilmaydi. Kimki o‘z millati, o‘z diyori, o‘z qadri, g‘ururini anglab etsa, boshqa millat vakillari sha’nini ham ana shunday e’zozlashi, hurmatlashi turgan gap.
Barcha millat, xalq elatlarga xos bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlar biz uchun ham katta ahamiyatga ega. CHunki, ona sayyoramiz yagona bo‘lgani kabijamiki insonlarga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlar barcha millat, elatlar uchun yagonadir.
Bola tarbiyasi borasida ham o‘zbeklarning o‘ziga xos uzoq tarix, tajribasi sinovidan o‘tgan ajoyib an’analari bor. Ularning axloq odobi o‘zbekona tarbiya mahsulidir. Demak, vatan haqidagi to‘liq tushunchani shakllantirish uchun inson erkinliklarini va huquqlarining nechog‘liq ta’min etilishi eng avvalo mamlakat aholisining fe’l atvoriga, ma’naviy ahloqiy va ruxiy kamolotiga bog‘liqdir. SHuni ham aytish joizki, vatanparvarlik tuyg‘usini anglash uni e’zozlashga intilishi ma’naviy ehtiyoj mahsulidir. SHuning uchun turli mintaqada yashayotgan xalqlar turlicha hayot tarziga, bir-biriga o‘xshamagan urf-odatlarga ega bo‘lishgan bo‘lsalarda o‘z vatanlariga bo‘lgan muhabbatlari hech qachon so‘nmaydi. Darhaqiqat, ma’naviy barkamol, axloqiy etuk, kamolotga etgan aholi yashaydigan jamiyat ham, davlat ham fayzli va barkamol bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: