- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: «O‘zbekiston», 2003.
- “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 1999.
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. // Turkiston.-2020. – 1 oktabr.
- O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni //Xalq so‘zi.- 2000. – 28 may.
- O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sttiskasi ma’lumotlari. Toshkent 2018.
- PF-5611 sonli. O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 05.01.2019y
- PQ-3514-son. Ichki turizmni jadaal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari. 07.02.2018y
- PF-5326-son. Ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish. 07.02.2018y
- PF-5987-son. Sport va turizmni ivojlantirish masalalari.
- PF-51068-sonli. 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar va ekologik turizmni rivojlantirish. “O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish istibbollari” respublika ilmiy anjumani to‘plami. 2019 y 12-dekabr. Chirchiq sh.
- Xoldorov T., Sanaeva L. Turizm sayyohlik. Kasb xunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 4- nashr. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2017 y.
- Abdumalikov R., Xoldorv T. Turizm.o‘quv qo‘llanma Toshkent “O‘qituvchi” 1988 y.
- “Ekoturizmni rivojlantirish, aholini ekologik savodxonligi va madaniyatini oshirish, tabiatdagi bio xilma-xillikni saqlab qolish va undan foydalanish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami. JDPI. 2012 yi.29-30 iyun
- Xoldorov T., R.Abdumalikov., Xayitov T.Sh. Jismoniy madaniyat va sport tayyorgarligi jarayonida ekologik sayoxatlardan foydalanish. Toshkent. 2012 yil.
O`quvchi-yoshlarni turizmga qiziqtirish.
Shomirzayeva Nasiba Hoshimovna
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti O`qituvchisi
Annatatsiya: Sog‘lom turmush tarzini kechirishda jismoniy harakatlar, ayniqsa, sayr-sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular ko‘p aqliy faoliyat va kasb egallash bilan bog‘liq bilimlarni egallash natijasida toliqqan talaba-yoshlarning asab faoliyatini tinchlantiradi, ular tanasi va a’zolarini ish bajarish qobiliyatini oshirib, kelgusi faoliyat samaradorligiga muhim poydevor yaratadi.
Kalit so’zlar: nazariy asoslash, amaliy mashg’ulotlar, normativ-determinant tarkibiy qism Zamonaviy ta’limning barcha normativ hujjatlarida yo’naltirilgan yo’nalishdagi universitetda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish a qadriyatlarni yaratish, mehnatning o’zini o’zi anglash ehtiyojlarini qondirish va kasb mahoratiga erishish istagini belgilaydigan talabalar.
O`quvchi-yoshlar o`rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mamlakatimizda barkamol yoshlarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim qismi hisoblanadi. Chunki, aynan o‘qish davomida o`quvchilarning sog‘lom turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar mustahkamlanadi va yanada rivojlantiriladi.Sog‘lom turmush tarzini kechirishda jismoniy harakatlar, ayniqsa, sayr-sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular ko‘p aqliy faoliyat va kasb egallash bilan bog‘liq bilimlarni egallash natijasida toliqqan o‘quvchi-yoshlarning asab faoliyatini tinchlantiradi, ular tanasi va a’zolarini ish bajarish qobiliyatini oshirib, kelgusi faoliyat samaradorligiga muhim poydevor yaratadi.Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi (2020y), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi (2015y), “Turizm to‘g‘risida”gi (1999 y) qonunlar, “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risi”gi (2002 yil 24 oktabr), “Sihat-salomatlik yili to‘g‘risida”gi (2004 y), “Barkamol avlod yili to‘g‘risida”gi (2010 y) qarorlar va Davlat Dasturlarida aynan O`quvchi-yoshlar o`rtasida sog‘lom turmush tarzini aqliy va jismoniy tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor berilgan, ularni sog‘lom turmush tarzini kechirishlari yuzasidan muhim vazifalar belgilangan O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sayr-sayohatlarni rivojlantirish, ularni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari bilan respublikamizda R.Abdumalikov, T.Xoldorov, R. Qosimova, E.Sh. Ermatov, X. Tulenova va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazishgan va tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlab chop etgan.Bu qo‘llanma va tavsiyalarda sayr-sayohatlarning Talaba-yoshlar o`rtasida sog‘lom turmush tarzini har tomonlama yetuk shaxslar qilib tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Mualliflar sayr-sayohatlarni o‘quvchi-yoshlarni sog‘lom turmush tarzini kechirishdagi o‘rniga ham e’tibor berib, “sayr-sayohatlar o‘quvchi-yoshlarni kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan (chekish, spirtli ichimliklar ichish) saqlanish, jismoniy chiniqish, organizmni tashqi muhit ta’sirlariga (issiq, sovuq, shamol va b.) chidamliligini oshirib, ular salomatligini saqlash, mustahkamlash, unumli mehnat qilish hamda uzoq va sermazmun hayt kechirishlari uchun zamin yaratadi”,- deb ta’kidlashgan. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar sog‘lom turmush tarzining asoslaridan hisoblanadi. Sog‘lom turmush tarzi,- degan tushuncha insoniyatning eng qadimgi yashash davrlarigacha borib yetadi. Sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qashg‘ariy, Nasafiy, Navoiy va boshqa ko‘plab donishmandlar sog‘lom hayot kechirish masalalariga o‘z asarlarida keng to‘xtalib o‘tgan.Prezidentimiz “Odamzodning sog‘log‘i ko‘p jihatdan, avvalombor, uning o‘ziga bog‘liq. Buning uchun u o‘z hayotini oqilona yo‘lgan qo‘yishi, har qanday kasallikni oldini olishi uchun sog‘lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilishi, shak-shubhasiz, katta o‘rin tutadi”,- deb ta’kidlagan.Milliy qadriyatlarni tiklash ma’naviy ma’rifiy madaniyatimiz tarixini chuqur o’rganish-milliy iftixorimiz hamda hozirgi davr mafkurasini yoshlarga o’quvchilarga o’rgatishda sayohatlarning o’ziga yarasha o’rni va mohiyati bor. Bu yo’lda O’zbekiston turizm kompaniyasi va turli xalqaro jamg’arma uyushmalarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sayohatlarning jismoniy va ma’naviy jihatdan o’ziga xos tarbiyaviy jihatlari mavjud. Ularning ilmiy pedagogik jihatidan o’rganish hozirgi kunning muhim tomonlaridan biridir. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining sayohatlar amalda bajarish yo’llarii o’rganishmaqsadida quyidagi vazifalarni ga muvofiq bo’ladi. Turizm o’zining osonligi va qiziqarlilgi bilan xalq ommasini o’ziga jalb qiladi, ya’ni turizm bilan shug’ullanishlari uchun kishilar o’zining yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligini hisobga olagan holda u yoki bu sport turi bilan shug’ullanishlari mumkin. Jismoniy tarbiya asosan uchta vazifani bajaradi(sog’lomlashtirish, bilim berish, tarbiyalash). Turizm esa to’rtinchi sport vazifasini bajaradi, ya’ni turizm hamma sport turlari uchun shug’ullanuv umum-jismoniy tayyorgarligini ta’minlabgina qolmay balki, turizm turlari barcha sportchi razrayadlarini ham tayyorlaydi. Turizm orqali sayohatlarda jismoniy madaniyat shakllanadi. Toza havo tog’ yon bag’irlarida yurish, erkin nafas olish, xalq o’yinlari bilan shug’ullanishlari mumkin. Nafaqat tog’larda balki, o’lkamizning turli relyeflarida ham sayohatlar o’tqazish mumkin. Bu o`quvchi-yoshlarni ham jismoniy chiniqtirish, shuningdek o’zlikni anglash, yurtimiz tabiati, madaniyati, ma’naviyati ga qiziqishlarini oshirishga ham yordam beradi. Jahon xalqlarining ijtmoiy-madaniy turmush tarzida sayohat, sayr juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tabiatning go’zal gulshanlariga sayr qilish, tog’larga sayr qilish, xushmanzara joylarda miriqib xordiq chiqarish , tarixiy va madaniy obidalar sirlarini o’rganish o’quvchilarga zavq-shavq baxsh etibgina qolmay salomatligini yaxshilash, jismoniy kamolotini rivojlantirish, ma’naviy olamini boyitish, dunyo qarashini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Turizm o’zining yo’nalishi va faoliyat xarakteriga qarab quyidalarga bo’linadi; aylanish(progulki), sayohat(ekskursiya), sayr(poxod) ekspeditsiyaga bo’linadi. Aylanishlar –qisqa vaqtli oson, hamma uchun qulay bo’lgan tur bo’lib(piyoda aylanish ,chang’ida aylanish, velosipedda aylanishv va qayiqda aylanish mumkin. Bizning maqsadimiz kishi organizmini chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Sayohat- ekskursiya buning maqsadi jamoa bo’lib qandaydir muzeylarga, teatrlarga, tarixiy – yodgorliklarga, bolalarga sport inshootlariga o’yinlarga o’quv ilmiy va ma’naviy saviyasini oshirish yoki umummadaniyatini rivojlantirish bo’yicha tashkil qilinadi. Sayrning maqsadi o’quvchilarning yoshlarning mehnatkashlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, o’lkani o’rganish. Jamoat foydali faoliyatini yaxshilash bo’yicha tashkil qilinib 3-4 kishidan 25 kishigacha bo’linishi mumkin. Sayr piyoda, chang’i, velosipedda va qayiqda o’tkazilishi mumkin. Amaliyotda ko’pgina turistik sayrlar turi mavjud bo’lib ular tayyorgarlik, shaxsiy va ommaviy targ’ibot sayrlariga bo’linadi. Sayohatning turiga qarab va ularni sayohatga yoki safarga chiqadigan kungacha nazariy-amaliy mashg’ulot o’tkazish kerak. Yana bir guruh “Alpomish” va “Barchinoy” testlarini tayyorlab ularni sayyoh nishonini olishga qiziqtirish.Oliy o’quv yurtlarida turistik harakatlarni yaxshi yo’lga qo’yish, uni rivojlantirishda pedagogik jamaolarning roli benihoya kattadir. O’qituvchilar o’z fanlari bo’yicha yaxshi bilim beribgina qolmasdan, balki ularning darsdan tashqari mashg’uloti kasb tanlash , sport va ayohatlar bilan shug’ullanishlariga yaqindan yordam berishadi. O’quvchilarning turizm va o’lkashunoslik to’garaklariga jalb qilish, sayohatlar uyushtirish va uni o’tkazishda geografiya, botanika, tarix hamda jismoniy tarbiya o’qituvchilari birinchi navbatda katta faollik ko’rsatadilar. Sayohatlar davomida o’qituvchining ham, o’quvchilarning ham kayfiyati doimo bir xil bo’lavermaydi. Ba’zan turli bahslar, tortishuvlar, ranjishlar, hatto arazlashlar ham yuzaga keladi. Bu holning oldini olish uchun sayohat rahbari aybdorlarni topadi. Ularni koyiydi, ko’pchilik oldida tanbeh beradi. Natijada umummaqsad yo’lida turistlar jamoasi o’z ahilligini to’la tiklaydi. Sayohat ko’ngilli o’tadi. Sayohatlar orasida eng samarali va ommabop turlaridan biri tog’ sayrlari hisoblanadi. Talabalar bilan tog’li joylarda sayrlarni tashkil qilish va o’tkazish, faol hordiq chiqarish hamda turistik texnika bo’yicha musobaqa o’tkazish sog’liqni saqlashga o’quvchilar tomonidan boshqa sport turidan qo’shimcha sport razryadini bajarishga yordam beradi, o’zlari yashab turgan viloyat, tuman mintaqasidagi tabiatni, o’lkani, hayvonat dunyosini, hamda ekologiyani saqlashga, o’quvchilarni ma’naviy – ma’rifiy tomondan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, sportchilar uchun muhim bo’lgan kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalaydi, boshqa sport turlariga umum jismoniy tayyorgarligining asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Yurtimizda ham turizmni rivojlantirishning ilmiy nazariy asoslari ishlab chiqildi. Bugungi kunda turizm sohasi oldida turgan asosiy vazifa O’zbekistonning tabiiy iqlimi, rekratsion ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy –madaniysalohiyatini hisobga olgan holda ichki va xalqaro turizm ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan yuqori rentabelli turistik tarmoqlarni yaratishdan iborat. Xalqaro turizm bozoridan mustahkam o’rin olishi uchun O’zbekistonda sayyohlarga yuqori darajada qulayliklar yaratilishi, ularga xizmat ko’rsatishning barcha turlari bo’yicha standartlar tizimi, xavfsizligini ta’minlash kafolatlarini yuzaga keltirish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu tufayli yurtimizda turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Yoshlarni turizmga qiziqtirishda muqaddas qadamjolarning ham ahamiyati kattadir. Yurtimiz sayohat uchun juda qulay mamlakat. Qaysi fasl bo’lishidan qat’iy nazar yil 12 oy sayohatga boy va sayyohlar bilan gavjum. Respublikamizning qaysi hududiga bormang, bemalol sayohat uchun arziydigan maskanni topa olasiz. Bu esa yoshlar o’rtasida vatanparvarlik, yurtga muhabbat, ajdodlarga hurmat- e`htirom ruhida tarbiyalashga yordam beradi. O`quvchi-yoshlarni mustaqil fikrlashga, kelajak avlodga o’rnak bo’la olish hissi shakllanadi. Samarqanddagi “Imom al-Buxoriy” ziyoratgohini olasizmi, Ichan Qal’animi, avlyolar maqbaralarinimi, “Go’ri Amirnimi, “Bibihonim” madrasasinimi, “Ulug’bek rasadxonasinimi, Registonnimi barchasi haligacha va bundan keyin ham dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Yurtimiz o`quvchi-yoshlariga O’zbekiston turizmi statistikasi, sohadagi islohatlar, o’zgarishlar, xorijdagi vatandoshlarning O’zbekistonga sayohat qilishga doir targ’iboti bo’yicha batafsil ma’lumot berib borilmoqda. Qayd etilishicha, 2019-yili mobaynida xorijdagi 4000 dan ortiq yoshlar targ’ibotga jalb etilgan. Ular bilan hamkorlikda 100 dan ortiq tadbir o’tkazili, 60000dan ortiq targ’ibot materiallari tarqatilgan.Shu o’rinda ta’kidlash joizki, O’zbekiston o`quvchi-yoshlarni ichki turizmga jalb qilishdaulkan salohiyatga ega. Bugunga kelib mamlakatimizda jami 10915 ko’ngilochar maskan va turistik obyekt faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlarni jalb etishdaturli ommaviy- madaniy ko’ngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, o’tgan yildan boshlab har bir hududning o’ziga xosligidan kelibchiqqan holdaturli ommaviy ommaviy tadbirlar o’tkazilmoqda. Birgina 2020-yilda respublika miqiyosida 122 tadbir o’tkazilgan. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarni turizmga qiziqtirish ularni ham jismoniy chiniqtirish, ona vatanga mehr-u muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Demak O`quvchi-yoshlarni turizmga qiziqtirish har bir pedagogning ota-onaning vazifasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar :