Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Milliy   san’atimizning yoshlar tarbiyasidagi ro’li.

  Dilshod Majidov.JDPU Sirtqi bo’lim Pedagogika-                                                 psixologiya va musiqa yo’nalishlarida masofaviy                                                 ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqa rivojlanishining asosiy omillari va uzluksiz ta’limda o‘quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalashning o‘ziga xosliklari, milliy   san’atimizning yoshlar tarbiyasidagi ro’li yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: musiqa,san’at, estetik did,maqom, ta’lim – tarbiya, ilm-fan. Har qanday jamiyatning istiqbolli sivilizatsiyasi uning ta’lim-tarbiya maqomiga yangicha (o‘ziga xos, milliy) ta’lim tizimi tarkibi, tuzilishi, mohiyatiga teran ma’rifiy madaniyatiga, o‘z mazmunida o‘zi mansub xalqning va umuminsoniy qadriyatlarini, ilm-fan ta’minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona va tayanch omil hisoblanadi. O‘z maqomi va mundarijasi bilan u muqobili yo‘q qadriyatdir. Mustaqillik yillarida uzliksiz ta’lim tizimi muassalarida o’tiladigan barcha musiqa fanlari mazmuni ham milliy istiqlol g’oyasi asoslari,hozirda maktablarda  tarbiya fani negizida qaytadan shakllantirilayabdi.Musiqa   madaniy hayotimizdan muhim o‘rin olgan va inson shaxsiyatining kamolotga yetishida muhim o‘rin tutadigan san’at turi bo‘lishi bilan birga ijtimoiy siyosiy va tarbiyaviy xarakter kasb etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy ma’naviy ruhda tarbiyalash, ularda  milliy qadriyatlarimizga ongli munosabat tushunchalarini shakllantirish hamda  milliy musiqani o‘rganishning o‘rni va ahamiyatini yoshlarga tushuntirish asosiy vazifamizdir. Ongni, tafakkurni, dunyoqarashni o‘zgartirmasdan turib, ma’rifat sivilizatsiyasiga erishib bo‘lmaydi. Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: ”Ong mahsuli bo‘lmish ta’lim-tarbiya o‘z ma’rifiy falsafasiga ko‘ra, avvalo, ong darajasi, ayni paytda ong rivojining yakkayu yagona asosidir” 1/. San’at insonning tarbiyasida juda muhim o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi bo‘yicha xalqaro jamiyatning IX konferensiyasida uqtirilganidek, san’at insonning ma’naviy dunyosiga chuqur ta’sir ko‘rsatib va o‘zining  har qanday faoliyat sohasida, har qanday kasb-korida zarur bo‘ladigan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishda yordam beradi.  Umumiy o’rta ta’lim maktablarining yangidan yaratilgan musiqa fani bo’yicha o’quv dasturi va darsliklariga kiritilgan maqom musiqa ijodiyotiga mansub kuy, qo’shiqlar sirasida xalq qo’shiqlari salmoqli o’rin tutadi. Xalq qo’shiqlari o’z ifodaviy mazmuniga ko’ra qudratli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan san’at hisoblanadi. ______________________________________________________________
  1. I.Karimov. <<Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz>>. Toshkent. 7-tom. O‘zbekiston, 1999, 94-bet.
Musiqa madaniy   xayotimizda  keng  o‘rin  tutgan  va inson  shaxsiyatining  shakllanishda  muhim  ro’l o‘ynaydigan  san’at  bo’lib,eramizdan  oldingi   IV asrdanoq   grek  faylasufi  Platon  shunday   degan edi:  “Eng  katta  tarbiyaviy  omil  musiqiy san’atda  emasmikan,  zeroki  ritm  va garmoniya  xammadan  ko‘proq   shu vaqtda  qalbga  chuqur   yo‘l  topadi   va salovat  baxsh etib,  uni ko‘rkam qiladiki,agar  tarbiya  to‘g‘ri yo‘lga  qo‘yilgan bo‘lsa: aks xolda  uning teskarisi  bo‘lib chiqadi” .   Uning shogirdi Aristotel  / Aflatun  /   komil ishonch  bilan  mazkur  fikrni  quvvatlaydi  “musiqa  kishi ruhini  ahloqiy tomoniga  ma’lum  darajada  ta’sir  etadi, shunday ekan  u  yoshlarning   tarbiyalaydigan  predmetlardan biri bo‘lib   xizmat qilmog‘i lozim”.  Sharqning buyuk allomalari musiqaning shaxs kamolotiga juda buyuk baho berishganliklari bejiz emas.  Milliy  madaniyatimiz   bobokaloni  Abu – Nasr al  Farobiy  esa  musiqaning   shaxs shakllanishiga  a’niq ta’sirini  quyidagicha  bayon etadi: “Bu fan  ( yani musiqa,   D. O)  shu ma’noda  foydaliki,   kimning  fe’li  atvori muvozanatni  yo‘qotgan  bo‘lsa,   tartibga  keltiradi,  kamol  topmaganlarni  kamolotga  etkazadi  va muvozanatda  bo‘lganlarning  muvozanatini  saqlaydi  . . . Bu fan  tanning sog‘ligi  uchun  ham  foydalidir. Musiqa  inson  ruhi  va aqliy  rivojiga  bebaho  ta’sir   o‘tkazadi. CH.Darvin  umrining  oxirlarida  quvvai xofizasi  (xotirasi)  va fikrlash  qobiliyatining  pasayishidan  shikoyat qilib  yozadi.  “Agar  menga   ikkinchi   bor dunyoga   kelish  nasib  bo‘lganda  edi,  endigi  xayotimda loaqal  xaftada bir  marta  bo‘lsa  xam,  bir  necha  she’r  o‘qishni  va bir necha musiqa asari  tinglashni  o‘zimga  qoida qilib  olardim”. Musiqa  kishi xissiyotini ayniqsa emotssional,  estetik  xissiyotini aktiv rivojlantiradi, zeroki ,  xaqiqatni anglash  kishilik  emotsional xissiyotsiz bo‘lmagan,  bo‘lmaydi va bo‘lishi xam  mumkin emas ” Bas  shunday  ekan  musiqa   kishining  ruhiga  aktiv ta’sir   etadi  uning   axloqiy  estetik  qiyofasining  shakllanishida   muxim  rol’  o‘ynaydi. Bobomiz  Sa’diy  aytganidek  “Musiqa  inson   ruxining yo‘ldoshidir ”.Shu bois  o‘quvchilarda  inson  ma’anaviy   madaniyatining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  musiqa  ma’daniyatini  tarbiyalash   musiqa  tarbiyasining  bosh  maqsadi bo‘lib  turadi,  Bu  oliy maqsadni  amalga  oshirish  uchun  o‘qituvchi oldida   quyidagi  vazifalar turadi: – o‘quvchilarda  musiqa  san’atiga  bo‘lgan   qiziqish  va mehr-muhabbatni oshirish. – musiqiy  – badiiy didni  va musiqa  faoliyatlariga ehtiyojni rivojlantirish: – musiqa haqida  bilim  va malakalar doirasini  tarkib toptirish: – musiqiy faoliyatlar jarayonida  badiiy  ijodkorlik  xis tuyg‘ularini  rivojlantirish: – asarlarni  badiiy  – g‘oyaviy mazmuni  vositasida  o‘quvchilarni   axloqiy  – estetik  tarbiyalash: – musiqa  darslarida   kasb,   hunar  va mehnatga  nisbatan  o‘quvchilarda   ishtiyoq  uyg‘otish. Mazkur  maqsad  va vazifalarni  amalga  oshirish, birinchi navbatda,   musiqa  o‘qituvchisining   professional    darajasi   va axloqiy  qiyofasiga   bog‘liq.  Gap  shundaki,   xar  qanday  san’atkor ham  maktabda  musiqa  darslarni olib   borolmaydi.  Uning   boisini  o‘qituvchiga  qo‘yiladigan  quyidagi talablardan   ko‘rishimiz  mumkin. Musiqa o‘qituvchisi  o‘z kasbiga  va bolalarga  sitqidildan mexr qo‘ygan,  yuksak madaniyatli, ijodkor va izlanuvchan  ma’naviy  – ma’daniy  dunyoqarashga  ega  shaxs bo‘lmog‘i lozim. Musiqa   o‘qituvchisining ijodkorligi   shundaki,    u bir   soatlik darsiga  senariy avtori, uning    artist   – ijrochisi  va rejisyori sifatida  ish tutadi.  SHu  bois  musiqa   darsi  san’at  darsidir. Maktab  xayotida  ham  musiqa  o‘qituvchisining   faoliyat  miqyosi   keng.  Sinfdan  tashqari musiqa   tarbiyasi  turlarini  tashkil etish  va boshqarish,   maktabda musiqa  tarbiyasining  ommaviy  shakllari  ( bayram konsertlari,   leksiya – konsertlar, san’atkorlar  bilan   ijodiy   uchrashuvlar,   ashula  va san’at  bayramlari. v.b) ni  uyushtirish  ham musiqa  o‘qituvchisi  zimmasidadir. SHu bilan birga  maktabdan tashqari  musiqa tarbiyasi   o’choqlari   ( bolalar  musiqa  maktablari,  pionerlar  uyi   va saroylari,   bolalar   teatrlari) bilan   aloqada  bo‘lish,   iqtidorli  o‘quvchilarni ularga  jalb etish   va ularning  faoliyatnii  maktab  xayotiga  qo‘llash  ham  musiqa   o‘qituvchisining   vazifasidir. Musiqa  o‘qituvchisi   musiqa  san’atining   nazariy  va amaliy  soxalaridan   yetarli darajada,  bilim,   malaka   va tajribaga  ega  bo‘lmog‘i lozim. Musiqa san’atiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini o’stirish va  shu orqali ularning ma’naviy axloqiy tarbiyalarini va badiiy ehtiyojlarini qondirish, musiqa tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Musiqa san’ati ham barcha san’at turlari kabi inson ruhiyati hamda ijtimoiy voqeiliklar holatini ifoda etuvchi vosita, shuningdek, idrok etishning o’ziga xos shakli hisoblanadi. Musiqa asarini yaratishda ijodkor muayyan obrazlar vositasida yuksak insoniy sifatlarni yoritadi. Musiqa va qo’shiqlarda tabiat manzaralari, insonlarga xos xususiyatlar, ijtimoiy munosabatlar, ijobiy psixologik xolatlar  xursandchilik yoki aksincha, salbiy xolat g’am-alam, istirob, tushkunlik kabi hodisalar ifodalanadi. Musiqiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ular kishilarning ongini o’stirish, irodaviy sifatlarini rivojlantirish, hissiyotini boyitishga emotsional ta’sirini ko’rsatadi. Yuksak mahorat bilan bilan ijro etiluvchi mumtoz asarlarning barchasi insonda ko’tarinki kayfiyatni hosil kiladi. Mumtoz asarlarni doimiy ravishda o’rganib borish o’quvchilarda haqiqiy san’at asarlarining qiymatini to’g’ri baholash ko’nikmalarini shakllantiradi.Musiqa ta’limi jarayonida o’quvchilarning psixologik xususiyatlari ham intensiv rivojlanadi. Binobarin, asarlarni o’rganish ularning his-tuyg’ulari, diqqati, idroki, xotirasi, fikrlashi va tasavvuri kabi psixologik xususiyatlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Musiqiy asarlarning o’quvchilar tomonidan idrok etilishi, eng avvalo ularda diqqatni jamlash va uning barqarorlashga erishish ko’nikmalarini shakllantiradi. Musiqa san’atini ijtimoiy madaniy nufuzini oshirish, uni xalqimiz ma’naviy hayotiga chuqurroq singdirish,qadriyatlar darajasiga ko’tarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi musiqa sohasidasi ham tub islohotlar izchil davom ettirildi, o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuni xalqimizning milliy madaniy yutuqlari, jahon musiqa ilmi va ta’limida erishilgan ilg‘or tajribalar asosida shakllantirilib,hozirda har bir viloyatlarda,tumanlarda,shaharlarda maqomchilar ansambli,Filarmoniyalar,ixtisoslashtirilgan san’at maktablari tashkil qilinib bu yerlarda musiqa sohamizning dunyo sahnashiga chiqishi uchun ulkan ishlar olib borilmoqda.Bu esa yosh avlodni oilada, mahallada, jamiyatda komil inson bo’lib yetishishida poydevor bo’ladi. Psixolog olimlarning fikrlariga ko’ra, musiqada diqqatning barqarorligi inson asab tizimining qay darajada mustahkam ekanligiga bog’liq. Mumtoz musiqa namunalarini o’ganishda quyidagi psixologik xolatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi:
  1. Mustahkam xarakter va qat’iy iroda sifatiga egalik;
  2. Barqaror diqqatga egalik;
Psixolog olimlar musiqiy sezgi quyidagi elementlarni o’z ichiga olishini ta’kidlaydilar: –  tovushning baland-pastligini sezish; –  ohangni sezish; –  garmonik sezgi; –  polifonik sezgi; –  tembr va dinamikani sezish; –  faktura sezgisi; –  ichki sezgi. Ayni o’rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, aksariyat o’quvchilarda ham musiqiy asar mohiyatini anglashga yordam beruvchi sezgilarning yetarli darajada rivojlanmaganligi kuzatiladi. Shuning uchun ularda ohangni sezish ko’nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Mumtoz kuy va qo’shiq ijrochiligi ko’proq melodik tarzda ijro etilishi, murakkab musiqiy tuzilmalardan iboratligi tufayli uni tinglashda sezgilar muhim ro’l o’ynaydi. Sezgi va hissiyot musiqiy idrokning asosini tashkil kiladi. Mumtoz musiqiy asarlar hissiyotni yuzaga keltirib kuch-quvvat zaxiralarini ishga soladi va buning natijasida tinglovchi ularni uzoq vaqt charchoqni sezmagan holda tinglay oladi. Mumtoz musiqani idrok etishda tasavvurning o’rni ham beqiyosdir. Xayotiy voqealar, tabiat manzaralari hamda turli ruhiy kechinmalarni ko’z oldiga keltirish musiqiy asarlarni obrazli qabul qilishga yordam beradi. Musiqa mutaxasisi barcha ijodiy xarakterga ega soxalar mutaxasislari kabi aynan shu holat – tasavvurdan unumli foydalanadi. Tovushlar jarangini oldindan his qilish, ya’ni interpritatsiya ham musiqa ijrochiligida muhim ahamiyatga ega. Ijro jarayonida hayotiy voqeilikni ko’z oldiga keltirish, tasavvur qilish, jarangdorlik yuzaga kelishini oldindan anglash, oldindan aynan shu jarangdorlikka erishish uchun o’z kuchi va imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish maksaqga muvofikdir. Mumtoz qo’shiqlarning g’oyaviy mazmuni, undagi obrazli holatlar ijrochiga katta ruhiy kuch bag’ishlaydi va uning tasavvurini yanada kengaytiradi. Mumtoz asarlarni tinglash va ularni bevosita ijro etish o’quvchilarning xotiralarini mustahkamlanishi uchun zarur sharoitni yuzaga keltiradi. Ijrochining ichki ehtiyoji, hoxish-istagi, qiziqishi, bilim darajasi va ijro mahoratiga muvofiq tanlangan asar xotirada yaxshi saqlanishi bilan birga ijroning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi. O’rganilgan musiqiy asarlarning sonigina emas, balki ularning sifati talabalarda ijro tajribasining boyib borishini ta’minlaydi. Ijrochilik tajribasining darajasi o’quvchilarning badiiy didlarining yuksalishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri sifatida kuzga tashlanadi. Yangi asarni o’rganish jarayonida o’quvchi ilgari orttirgan malakalariga tayanish bilangina cheklanmaydi, balki yanada yangi va murakkab elementlardan foydalanishga intiladi. O’ziga xos psixologik holatlar o’quvchining badiiy tafakkurining yanada kengayib borishi uchun imkoniyat yaratadi. Mumtoz asarlarning g’oyaviy mazmuni va ohang tuzilishini tahlil qilish, matn va ohang tuzilmalarining jarangdorligi, nozik elementlarni his qilish, murakkab nola va qochirimlarni qiynalmasdan ijro etish hamda asarga xos barcha tafsilotlarni birlashtirib, umumiy xulosaga kelish o’quvchilarda musiqiy-badiiy didning shakllanganlik darajasini yuqori deb baholanishi uchun asos bo’la oladi. O’zbek mumtoz ashulalari, o’zbek klassik va zamonaviy adabiyoti bilan o’zaro bog’liqlik asosida rivojlanadi. Buni inobatga olgan holda g’azallar mualliflarining hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirish imkonini beruvchi maxsus kursning o’qitilishini yo’lga qo’yish ularning nazariy bilimlarini oshirish bilan birga o’zbek mumtoz musiqasi rivojidagi hissalarini anglashlariga yordam berib,ularni dunyoqarashini milliy musiqalarimiz kengaytiradi.   Foydalanilgan adabiyotlar. 1.E.M.Fayzullayev “Bo’lajak musiqa o’qituvchilari badiiy didini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari” (O’zbek mumtoz musiqasi misolida). Ped.f.nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. –T, 2010. 20-26-bet.
  1. Umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi va tarbiyasi konsepsiyasi. –Toshkent, XTB, 1995 yil.
  2. Aristotel. Poetika / Tarjima. N.I.Novosadskiy. – L., 1927. – S. 111-113.
  3. Losev AF Qadimgi estetika tarixi: Ming yillik rivojlanish natijalari, jild. II. – M., 1994. – S. 76–87.
  4. V. Darvin. “Avtobiografiya ”, Q ; 1957 ; str. 112