Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/11/2018
Chop etish
Kutubxona –ziyo maskani

Joriy yilning 16 noyabr kuni 12.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining majlislar zalida Musiqiy ta’lim  yo‘nalishi hamkorligida «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligining yakuniga bag‘ishlab adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni   institut murabbiylar kengashi raisi A. Qayumov kirish so‘zi bilan ochib: “«INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftalikni tashkil etishdan maqsad  talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlik  mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish” -deya takidladi.

Shundan so‘ng, Musiqiy ta’lim  kafedrasining katta o‘qituvchisi  A. Maxamatov “Kutubxona –ziyo maskani” mavzusida ma’ruza qildi. Musiqiy ta’lim yo‘nalishi  2- bosqich  talabasi A. Boboyorov o‘z ma’ruzasida: “Bunday tadbirlar yanada ko‘proq bo‘lishini,  yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ko‘mak beradi”-deya fikrini bildirdi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Institut ARM tomonidan faol ishtirok etgan talabalarga estalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 468
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.