Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
20/04/2023
Chop etish
Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatish va qo‘shimchalarda “inson-jamiyat-davlat” tamoyili yanada mustahkamlanmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizini inson va uning huquqlari, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish kabi oliy maqsadlar tashkil etadi. Bu kabi islohotlardan biri bugungi kunda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar ham avvalo inson va fuqarolarning farovon turmush tarzini ta’minlashga, jamiyatimiz va davlatimizni keng miqyosda taraqqiy etishini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatish va qo‘shimchalarda “inson-jamiyat-davlat” tamoyili yanada mustahkamlanmoqda. Buni biz bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasida avvalo inson huquq va erkinliklari, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari ustuvorligiga alohida ahamiyat qaratilgan. Muqaddimada keltirilgan “…inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish maqsadi”da ham “inson-jamiyat-davlat” tamoyili aks etgan.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 20-moddasida ham inson huquq va erkinlariga ustuvorlik berilishi aniq keltirib o‘tilgan. Xususan, 20-moddada insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilashi, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutulgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilangan.

Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning eng asosiy maqsadi “inson-jamiyat-davlat” tamoyilini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Zero, bu maqsadlar O‘zbekistonda demokratiyani yanada mustahkamlashga, kuchli ijtimoiy siyosatni olib borilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Fazilova Dilrabo Xudaykulovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini

tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

 


Ulashish:
762
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...