Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2026
Chop etish
JDPU xodimlari uchun Samarqandga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 nafar xodimi ishtirokida 8–9-sentyabr kunlari Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Ikki kunlik sayohat davomida xodimlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Maxdumi A’zam ziyoratgohi, Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon va Shohi-Zinda majmualari, Hazrati Xizr masjidi, shuningdek, Islom Karimov maqbarasi va uy-muzeyida bo‘lib, mazkur maskanlarning tarixiy-madaniy ahamiyati, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi hamda milliy davlatchiligimiz tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Ma’naviy-ma’rifiy sayohat universitet xodimlarining tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarga hurmatini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qildi. Xodimlar qadimiy Samarqandning boy tarixi va betakror me’moriy obidalaridan katta taassurot oldilar


Ulashish:
788
Boshqa rubrikalarda mashhur

E’lon
Tangirov Ro‘ziboy Xudayshukurovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risidа
JDPUda ”Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion metodlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjuman xorijiy tillarni o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda ilmiy-amaliy...
JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.