- Sh.R.Sharipov, G’.N.Sharifov, F.Turdikulova, B.Raxmanov Kimyo fanini o’qituvchisining kreaktivlik qobiliyatini shakllantirish metodlari. Zamonaviy kimyoning dolzarb muommalari mavzusida Respublika anjumani materiallar to’plami. Buxora, 2020. 216-219.
- Rahmatullaev N.G’, Omonov H.T., Mirkomilov Sh.M. Kimyo o’qitish metodikasi. Universitetlar va pedagogika oliy o’quv yurtlarining “Kimyo” mutaxassisliklari uchun darslik. –Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2013. -361 b.
KIMYOVIY TAJRIBALARNI O’TKAZISHNING ILMIY METODOLOGIK ASOSLARI
Umirov Z.T. JDPU o’qituvchi
Annotatsiya Ushbu maqolada asosan o’quvchilarda kimyoviy tushunchalarni hosil qilishda tajribalar o’tkazish metodlarining pedagogik asoslari keltirilgan.
Kalit so‘z: metod, tajriba ,kimyoviy tushuncha, modda, modda xossalari, kimyoviy reaksiyalar, ta’limiy innovatsion jarayon
Bugungi kunda o’quvchilarga kimyoni boshlang’ich nazariyalarini tushuntirishda tajribalarni ko’rsatib tahlil qilish orqali ularni kimyoga qiziqishlarini uyg’otishga asoslaniladi.Maktab kimyo kursida o’quvchilar kimyoni boshlang’ich darslarida moddalarning va ularda bo’ladigan o’zgarishlarning mohiyatini ochib beradigan amallarga, tushunchalar, nazariyalar va qoidalar sistemasini o’rgatishdan boshlaniladi.Qaysiki,tushunchalar – materiyaning oliy mahsulotI bo’lgan miyaning oliy mahsulidir. Kimyoviy tushunchalarning hosil qilinish jarayoni, umuman, o’quvchilarning jonli mushohadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotda qo’llashga, ilmiy nazariyalarni yaratishga izchillik bilan o’tishga asoslanadi. Jonli mushohada, moddalar va hodisalarni bevosita kuzatishga asoslanadi. Bunda o’quvchilar barcha tuyg’u organlari vositasi bilan sezish qobiliyatlarini boyitadilar.(1)
O’qituvchi o’rganilayotgan moddalar (hidi, rangi, agregat holat) va hodisalarning kuzatilayotgan tomonlari bilan boshqa tomonlari o’rtasida bo’layotgan jarayonlariga, bog’lanishlariga o’quvchilar e’tiborini jalb qilish uchun aniq (kislorod, vodorod, suv, ammiak) misollarni olishlari kerak. O’quvchilar moddalar haqidagi tushunchalarning shakllantirishda, ularni tabiatda tarqalishi, tuzilish, qanday kimyoviy element va atomlardan tashkil topganligini izohlash zarur. Shundan so’ng, moddalar qanday birikmalar hosil qilishlar mumkinliklar haqidagi tushunchaga yo’naltiriladi. O’quvchilarda kimyoviy modda va birikmalar bo’yicha bilimlar kelgandan so’ng, bilimlar umumlashtirilib, o’quvchilarga moddalarni har xil turlarini ko’rsatib,moddani yonish jarayonida qanday moddalar hosil qilishligini tajribada ko’rsatish orqali o’quvchida tabiatda har qanday modda yonishi mumkinligi va uni natijasida har xil ko’rinishdagi oksidlar hosil bo’lishligi asoslaniladi.Masalan kalsiy metallini olib maxsus qoshiqchaga solib yoqiladi,natijada oq mayda kukun hosil bo’lishligini o’quvchilar ko’rishadi.Buni yanada rivojlantirish maqsadida shu oksid suvda erishligini va u asos hosil qilishligi aytilib,so’ngra oq kukunni tayyorlab qo’yilgan suvga solinadi,natijada oq kukun erib ketishligini o’quvchilar o’z ko’zlari bilan ko’rishlari orqali oksidlarni suvda erishligi va erimasliglari bo’yicha tassavurlar hosil qilishadi.Kimyoni boshlang’ich nazariyalariga asosan moddalar oddiy holatdan murakkab holatga o’tishligi orqali murakkab moddalar hosil qilishligi aytilib,reaksiya tenglamalarini doskaga yozib ko’rsatish orqali o’quvchilarda moddalar haqida tushunchalar hosil qilishga yo’naltiriladi.Shundan so’ng,metodist o’qituvchi ushbu jarayonni yanada rivojlantirish orqali oksidlarni suvda erish mexanizmini indikatorlar nazariyasi orqali asoslab berishi zarur.Buning uchun hosil bo’lgan asosga fenoftalein ta’sir etirish orqali eritmani rangi qizil holatga o’tishligini ko’rsatib,eritmada OН ionlari borligi uchun eritma qizarishligi reaksiya tenglamalari orqali asoslaniladi.
Ushbu tajribalarni tahlil qilish orqali o’quvchilarda modda haqidagi dastlabki tasavvurlar hosil bo’lgandan so’ng, kimyoviy element tushunchasini bilib olishda atomlar va molekulalarning tuzilish nazariyasi, shuningdek, davriy qonun va elementlar davriy sistemasi katta ahamiyat kasb etadi. Eng muhim tushuncha bu eritmada boradigan jarayonlarning tushuntiriladi. Chunki o’quvchilar modda eriganda yoki biror eritmada boradigan reaksiyalar rangsiz eritma bo’lganligi uchun ionlarda boradigan jarayonlarning tasavvur qila olmaydi. Buning uchun eritma va elektrolitik dissotsiyalanish nazariyalarini tushuntirishda indikatorlar nazariyasini to’liq tushunish kerak. Masalan: kalsiy gidroksid eritmasi berilgan bo’lsa, bu eritma rangsiz ekanligini o’quvchi ko’rishi mumkin, ammo eritma tarkibida qanday ionlar mavjudligini indikator eritmasini tomizish orqali eritmani rangi gidroksil ionlarini hisobiga qizarilishligini tajriba orqali ko’rsatish, o’quvchilarda indikator tushunchalarini shakllantirib boradi. (2)
Buni yanada rivojlantirish uchun o’quvchilarga indikatorlarni turlari, rang hosil qilish sabablarini izohlab, indikatorlarni turlarini, eritmalarini qog‘oz indikatorlari orqali ko’rsatib, har biriga alohida tajribalar o’tkazish orqali indikatorlar nazariyasi shakllantiriladi. Metodist o’qituvchi ushbu nazariyalarni tushuntirishda o’zining xususiy metodikalariga asoslanadi. Bunda asosan o’quvchilarda evristik mustaqil ishlash metodikalariga asoslantiriladi, ularda bahs munozara, aqliy hujum metodlari asosida dars o’tishlariga imkoniyatlar yaratiladi. Umumiy holatda, o’quvchilarda kimyoviy hodisalarni kuzatish, ularni izohlab berish va amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirish kerak. Bu esa o’qituvchi ko’rsatadigan yoki o’quvchilarning o’zlari o’tkazadigan tajribalarni sistemali suratda tahlil qilish asosida hosil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.