Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KIMYOVIY TAJRIBALAR O’TKAZISHNING  PEDAGOGIK ASOSLARI.

Sedalova I.S. JDPU O’qituvchi.. Annotatsiya Ushbu maqolada asosan o’quvchilarda kimyoviy tushunchalarni hosil qilishda tajribalar o’tkazish metodlarining  pedagogik asoslari keltirilgan. Kalit so‘z: metod, tajriba ,kimyoviy tushuncha, modda, modda xossalari, kimyoviy reaksiyalar, ta’limiy innovatsion jarayon. Ishni maqsadi va ilmiyligi:Bugungi kunda o’quvchilarga kimyoni  boshlang’ich nazariyalarini tushuntirishda tajribalarni ko’rsatib tahlil qilish orqali ularni kimyoga qiziqishlarini uyg’otishga asoslaniladi.Maktab kimyo kursida  o’quvchilar kimyoni boshlang’ich  darslarida moddalarning va ularda bo’ladigan o‘zgarishlarning mohiyatini ochib beradigan amallarga, tushunchalar, nazariyalar va qoidalar sistemasini o’rgatishdan boshlaniladi. Kimyoviy tushunchalarning hosil qilinish jarayoni, umuman, o’quvchilarning jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan praktika amaliyotda qo’llashga, ilmiy nazariyalarni yaratishga izchillik bilan o’tishga asoslanadi. Jonli mushohada, moddalar va hodisalarni bevosita kuzatishga asoslanadi. Bunda o’quvchilar barcha tuyg’u organlari vositasi bilan sezish qobiliyatlarini boyitadilar [1.]. O’quvchilarda kimyoviy modda va birikmalar bo’yicha bilimlar kelgandan so’ng, bilimlar umumlashtirilib, o’quvchilarga moddalarni har xil turlarini ko’rsatib,moddani yonish jarayonida qanday moddalar hosil qilishligini tajribada ko’rsatish orqali o’quvchida tabiatda har qanday modda yonishi mumkinligi va uni natijasida har xil ko’rinishdagi oksidlar hosil bo’lishligi asoslaniladi.Masalan kalsiy metallini olib maxsus qoshiqchaga solib yoqiladi,natijada oq mayda kukun hosil bo’lishligini o’quvchilar ko’rishadi.Buni yanada rivojlantirish maqsadida shu oksid suvda erishligini va u asos hosil qilishigi aytilib,so’ngra oq kukuni tayyorlab qo’yilgan suvga solinadi,natijada oq kukun erib ketishligini  o’quvchilar o’z ko’zlari bilan ko’rishlari orqali oksidlarni suvda erishligi va erimasliglari bo’yicha tassavvurlar hosil qilishadi.Kimyoni boshlang’ich nazariyalariga asosan moddalar oddiy holatdan murakkab holatga o’tishligi orqali murakkab moddalar hosil qilishligi aytilib,reaksiya tenglamalarini doskaga yozib ko’rsatish orqali o’quvchilarda moddalar haqida tushunchalar hosil qilishga yo’naltiriladi.Shundan so’ng,metodist o’qituvchi ushbu jarayonni yanada rivojlantirish orqali oksidlarni suvda erish mexanizmini indikatorlar nazariyasi orqali asoslab berishish zarur.Buning uchun hosil bo’lgan asosga fenoftalin ta’sir ettirish orqali eritmani rangi qizil holatga o’tishligini  ko’rsatib,eritmada OH ionlari borligi uchun eritma qizarishligi reaksiya tenglamalari orqali asoslaniladi.O’quvchilarga oddiy va murakkab moddalar o’zaro ta’sirlashuvi natishasida yangi moddalar hosil bo’lishligi natijasida kimyoviy hodisa sodir bo’lishligi tajriba asosida asoslab ko’rsatiladi.Bunda asosan o’quvchilarga ko’rsatiladigan tajribalar cho’kma,gaz va rangli eritmalar shaklida bo‘lishi kerak.Bunga quyidagi tajribalarni misol tariqasida ko’rsatish tavsiya etiladi [2,3,4]. 1.Tajriba:Stakanga kalsiy gidroksidni oq rangli sutsimon eritmasiga yoki  tiniq eritmasiga xlorid kislotani eritmasidan  tomizilsa eritma asta sekinlik bilan rangini o’zgartira boshlashini fenalftalinni qizargan eritmasi  asta sekinlik bilan yo’qolishi eritmada yangi modda kalsiy xlorid hosil bo’layotganini ko’rishlari orqali eritmani ichida bo’layotgan kimyoviy hodisani ekanligini tushuna boshlashadi,bunda yangi modda kalsiy xlorid  tuzi hosil bo‘lganligini kimyoviy tenglamalarini keltirish orqali asoslab ko‘rsatiladi.Bu tajriba orqali tuzlarni eruvchanligi,yangi moddani hosil bo’lishligi va kimyoviy hodisalarni nazariyalarini tajriba orqali ko’rishlariga asoslaniladi. Ca(OH)2+2HCl=CaCl2+2H2O 2.Tajriba: Biror stakanga  kalsiy xlorid eritmasiga ozroq miqdor solib,uni ustiga kumush nitrat eritmasidan tomizilsa oq rangli cho’kma kumush xlorid hosil bo’lganligini tajribada ko’rsatiladi va hosil bo’lgan cho’kma kumush xlorid ekanligini asoslangandan so’ng,cho’kmani filtirlab ko’rsatiladi  va reaksiya tenglamalarini keltirib cho’kmani formulasini keltirish orqali u suvda erimaganligi sababli cho’kmaga tushushligi asoslaniladi.O’quvchilarda yangi  moddani hosil bo’lishligi haqidagi tushunchalar vujudga keladi.Ammo ushbu tajribadagi cho’kmani metodist o’qituvchi  ammoni gidroksidda eritib,kompleks hosil bo’lishligini kimyoviy tenglamalarini keltirish orqali asoslab berishlari kerak. CaCl2+ 2AgNO3=2AgCl+Ca(NO3)2 NH4OH+AgCl=Ag2O+NH4Cl+H2O 3.Tajriba:Biror stakanga  kalsiy xlorid eritmasidan solib uni ustiga kaliy karbonat eritmasidan tomizilsa  oq cho’kma kalsiy karbonat hosil bo’lishligini  va bu cho’kmaga xlorid kislota eritmasidan tomizilsa, cho’kma erib ketishligini ko’rsatish orqali o’quvchilarda yangi modda kalsiy karbonatni hosil bo’lishligini va yana cho’kma erishi natijasida oldingi kalsiy xlorid tuz hosil bo’lishligi asoslaniladi.Metodist o’qituvchi ushbu tajribalarni ko’rsatib bo‘lgandan, so’ng bu tajribalarni kimyoviy tenglamalarini keltirish orqali asoslab  nazariyani isbotlaydi.Bu tajriba orqali o’quvchilarda cho’kma haqida bilimlar shakllanib boradi. CaCl2+K2CO3=2KCl+CaCO3 CaCO3+2HCl= CaCl2+ 2H2O 5.Tajriba:Gaz olgich asbobiga kalsiy karbonat tuzudan solib uni asta sekinlik bilan  qizdirilsa , gaz hosil bo’ladi.Ammo o’quvchilar hosil bo’layotgan karbonat angidiridini ko’risha olmaydi, buning uchun  bariy xloridni yoki kalsiy xloridni eritmasiga gaz o’tkazgich  nay orqali tushurilsa sutsimon oq cho’kma hosil bo’lishligi ko’rishadi.Bunda bariy karbonat hosil bo’lganligini aytib uni reaksiya tenglamasini keltirish orqali cho’kmani tenglamada ko’rsatib,eruvchanlik ko’paytmasi orqali asoslab berilishi kerak.Bu tajriba orqali metodist o’qituvchi o’quvchilarga gaz hosil bo’lishligini ko’rsatish usulini ko’rsatib beradi.Hosil bo’lgan gaz eitmada erishi orqali yangi tuz hosil bo’lishligi ko’rsatib o’tiladi. CaCO3=CaO+CO2 BaCl2+CO2+H2O= BaCO3+2HCl Ushbu tajribalarni tahlil qilish orqali o’quvchilarda modda eriganda yoki biror eritmada boradigan reaksiyalar rangsiz eritma bo’lganligi uchun ionlarda boradigan jarayonlarning tasavvur qila olmaydi. Buning uchun eritma va elektrolitik dissotsiyalanish nazariyalarini tushuntirishda indikatorlar nazariyasini to’liq tushunish kerak. Masalan: kalsiy  gidroksid eritmasi berilgan bo’lsa, bu eritma rangsiz ekanligini o’quvchi ko’rishi mumkin, ammo eritma tarkibida qanday ionlar mavjudligini indikator eritmasini tomizish orqali eritmani rangi gidroksil ionlarini hisobiga qizarilishligini tajriba orqali ko’rsatish, o’quvchilarda indikator tushunchalarini shakllantirib boradi. [ 3,4,5]. Bu tahlil quyidagicha amalga oshiriladi:
  • Reaksiya uchun olingan moddalar (ularni xarakterli xossalari);
  • Reaksiya sharoiti (qizdirish, katalizator ta’sir ettirish, sovutish, qayta kristallash);
  • Kuzatiladigan o’zgarishlar (rangning o’zgarish, gaz ajralib chiqishi, yorug’lik chiqishi va boshqalari);
  • Kuzatiladigan hodisaning mohiyati (izohlash, rasmlarini chizish, kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarni yozish);
  • Tajriba o’tkazish metodikasini o’rganish;
  • Umumiy xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirish;
O’quvchilarda kimyoviy tushunchalarni shakllantirishda metodist o’qituvchini klassik metodlar va pedagogik texnologiyalardan interaktiv metodlarini qo’llash orqali  amalga oshiradi. Qaysiki, metodist o’qituvchi harqanday darslarni o’tkazishda dars o’tish nazariyasiga asoslanishi zarur.                                          Foydalangan adabiyotlar:
  1. R.Sharipov, G’.N.Sharifov, F.Turdikulova, B.Raxmanov Kimyo fanini o’qituvchisining kreaktivlik qobiliyatini shakllantrish metodlari. Zamonaviy kimyoning dolzarb muommalari mavzusida Respublika anjumani materiallar to’plami. Buxora, 2020. 216-219.
  2. .Sharipov, G.N.Sharifov, F.Turdikulova, B.Sh.Raxmonov Sintez kompoziotsionnogo polimernogo materiala na osnove metakrilovыy efira metilpropiletinilkarbinola\\Kompozitsionnыe materialы nauchnnыe-texnicheskie i prakticheskie jurnal. – 2020. Uzbekistan, №4.s 43-45.
3. Sh.R.Sharipov, G’.N.Sharifov, N.Abdullaev, X.Nasimov i dr. Radiatsionnaya suspenzionnaya polimerizatsiya asetilenovыx monomerov// universum: Ximiya i biologiya jurnal. – 2021. Rossiya, 2(80). S.45-47
4 .Sh.R.Sharipov, G’.N.Sharifov, N.Abdullaev, X.Nasimov i dr. Kompleksnoe izuchenie suspenzionnoy polimerizatsii asetilenovыx monomerov v prisutstvii suspezatora//Ximiya, Fizika, Biologiya, Matematika: Teoreticheskie i prikladnыe issledovaniya sbornik statey po materialam XLIV Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii № 1 (33) Yanvar 2021.Moskva, s. 27-35.
5. Sh.R.Sharipov, G‘.N.Sharifov, F.Turdikulova, B.Raxmanov Kimyo fanini o’qituvchisining kreaktivlik qobiliyatini shakllantirish metodlari. Zamonaviy kimyoning dolzarb muommalari mavzusida Respublika anjumani materiallar to’plami. Buxora, 2020. 216-219.