Iqtidorli talabalar va o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ilmiy-amaliy konferensiyalarning ahamiyati
Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, t.f.d. F.A.Axmedshina
Jahon miqyosida ta’lim sifatini oshirish va ijodiy yondashuvni qo‘llashga qaratilgan iktidorli talabalar va o‘quvchilar ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalardan biridir. Iqtidorli talabalar va o‘quvchilarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga jalb qilish, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, olimpiada va tavlovlarda qatnashishlarini tashkil etishga e’tibor ko‘chaymoqda.
Hozir jahon ta’lim standartlariga mos kuyiladigan asosiy talablardan biri iktidorli talabalar va o‘quvchilarni erta aniklash, iqtidorni kerakli yunalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitni yaratish hisoblanadi.Pedagoglar iqtidorli talabalar va o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishishi uchun eng zarur bo‘lgan kizikuvchanligi, yukori darajadagi bilish faolligi va ukuv faoliyatini rag‘batlantirishlari kerak. Iktidorli yoshlar bilan ishlashda ukituvchining innovatsion faoliyati, yangilik kiritish tashabbuskorligi va ishtirokchilarining ijodiy faoliyatga jalb qilinishi va uni boshkarish qobiliyati aloxida axamiyatga ega. O‘quvchilarning bilish jarayoniga ijodiy tus berish, fanga bulgan kizikishlarini doimiy ravishda yunaltirish, yangi bilimlarni o‘rganishga bulgan intilishlarini uygatish va kuchaytirish, ularni moyilligiga karab ijodkorlikka undash, ilmiy va ijodiy ishlarni yaratishga urgatish, kunikma va malakalarini shakllantirish, fanlar bo‘yicha amaliy yordam berish katta ahamiyatga ega. Chunki ularning bilim olish faoliyati ijodiy fikrlashga yo‘naltirilmasa, o‘quv jarayonida faol shaxsga aylanishi qiyin kechadi.SHuning uchun ham iqtidorli talabalarni,shu jumladan, iqtidorli o‘quvchilarni maktab davridanok ilmiy konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun ma’ruzalar yozishga o‘rgatish, ilmiy referatlar va maqolalar yozishga ko‘nikma hosil qildirish, internetdan foydalanishga va kerakli ma’lumotlarni olishga o‘rgatish, chet tilidagi o‘quv adabiyotlari va maqolalardan kerakli ma’lumotlarni tanlab tarjima qilish malakasini hosil qildirish, iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor bo‘lishiga erishish zamonaviy ta’limning dolzarb muammosi hisoblanadi.
Barcha umumta’lim maktablarida, ayniqsa, mamlakatimizning chekka hududlaridagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy yordam berishda pedagogika yo‘nalishidagi OTM larda tahsil olayotgan talabalar orasida ilmiy –tadqiqot olib borishni tizimli yo‘lga quyish,ularning malakalarini oshirish lozim.CHunki hech bir muallim o‘zi bilmagan narsani o‘quvchiga o‘rgata olmaydi,shu yo‘nalishda yordam berolmaydi.
Iqtidorli talabalar va o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi, eng avvola, ularni erta aniqlash, tanlash va tarbiyalashga, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishga,ayrim fanlar bo‘yicha qiziqishlarini inobatga olgan holda, o‘quv jarayonini individuallashtirishga qaratilgan faoliyatda ko‘pincha uzviylik hamda uzluksizlik tizimining shakllanmagani, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning o‘ta bandligi natijasida vaqtning etishmasligi, iqtidorli ta’lim oluvchilar bilan ishlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar,qullanmalarning kamligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlikda talabalar va o‘quvchilarni ilmiy ijodga yo‘naltirish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar hisoblangan talabalarni kasbga yunaltirish ishlarining samaradorligini oshirish; chukur bilim olish, malakali ukituvchilarni iktidorli ukuvchilar bilan individual (yakka tartibda) ishlashga safarbar kilish muhimdir.Oliy ukuv yurtlari etuk mutaxassis olimlar bilan umumiy urta ta’lim maktablari xamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvafiqdir.Bu biz olib borgan ko‘p yillik tajriba-sinov jarayonida uzining ijobiy isbotini topdi. Iqtidorli talabalar va ukuvchilarni aniklashga , tanlab olishga, ularning intellektual saloxiyatini tizimli ravishda oshirishga, individual kobiliyatlarini ilmiy ishlar tayyorlashga, ilmiy makolalar yozishga yo‘naltirish,doimiy qo‘llab-quvvatlash kerakli vaqt va imkoniyatlar yaratishni talab qiladi. Shu yo‘nalishdagi tizimlilikning etishmasligi, faoliyatsizlik ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatmoqda, maktab ta’limi sifatini zamonaviy talablardan orqada qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Malakali pedagoglarga kuyiladigan asosiy talablardan biri iktidorli ukuvchilarni aniklash, iktidorni kerakli yunalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chikarish uchun zarur shart-sharoitni yaratish, ukuvchilar ruxiyatini tushuna olish va tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida malakali yordam bera olishdan iborat.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash barcha sinflarning iqtidorli o‘quvchilari o‘zlari qiziqqan fanni, fan bo‘limi va mavzusini o‘qituvchilari yordamida tanlashdan boshlanadi. Shundan sung mavzuni o‘rganish rejasini tuzadilar, kerakli adabiyotlar ro‘yxatini va bazasini shakllantiradilar. Maktab o‘quvchilari konferensiyalarda qatnashish jarayonida maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilashni, tadqiqot tekshiruvini o‘tkazishni va boshqa ko‘p narsalarni o‘rganadilar.
Maktab o‘quvchilari mustaqil ravishda ma’lum bir ilmiy mavzu bilan shug‘ullanishlari, tadqiqot va tajribalar o‘tkazishlari va olingan natijalarni o‘quv konferensiyalarida taqdim etishlari mumkin.
Ilmiy makolalar yozish iqtidorli o‘quvchilar va talabalarga ilmiy izlanishlarga xos muammolar bilan tanishish, o‘zlari uchun eng qiziqarli bo‘lgan va istiqbolli deb hisoblagan yo‘nalish va mavzuni tanlash,mavzuga oid manbalarni yigish,ularning ichidan eng keraklilarini tanlab olish orqali mustaqil faoliyatga o‘rganish imkonini kengaytiradi. Ishtirokchilar o‘z tadqiqotlari ustida ishlash jarayonida tanlangan mavzusi bo‘yicha chuqurroq bilim olish,ilmiy rahbar bilan ishlash, jamoatchilik oldida so‘zlash ko‘nikmalariga, dalillar keltirish, xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega buladilar. SHunday qilib, maktab o‘quvchilari uchun ham, talabalar uchun ham ilmiy konferensiyalarda qatnashish juda muhimdir. Konferensiyalarda ishtirok etish har doim ijodiy rivojlanishga kuchli turtki buladi, ma’ruzalar tayyorlash, mustaqil ishlarni boshlash uchun barcha zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam beradi.
Faqat darslarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish bilan cheklanib qolmaslik, darsdan tashqari vaqtda iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy faoliyatining rivojlanishiga doimiy e’tibor qaratish, iqtidorli o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini yo‘naltirish, bilish jarayoniga ijodiy tus berish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga, ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashishiga, o‘quvchi eng yuqori natijaga erishishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishni tanlashga ko‘maklashish yildan- yilga muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHu munosabat bilan hozirgi davrda mustaqil ta’lim va ilmiy faoliyatga kirishga tayyorlanayotgan o‘rta maktab o‘quvchilari va talabalari uchun erishayotgan izlanish natijalari bilan bo‘lishish imkonini beradigan yuqori sifatli talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish zarurati ortib bormoqda.
Talabalar va maktab o‘quvchilariga ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish har doim qiziqarli va hayajonli bo‘lib, ular ilk dafa katta auditoriyada chiqish qilish,o‘z ishlarini namoyon qilish va shuning bilan birga konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalarini tinglash uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar. Konferensiyalarda ko‘plab ma’ruzachilar hali nashr etilmagan ishlarning dastlabki natijalarini taqdim etadilar. So‘nggi tadqiqotlar va so‘nggi ishlanmalar va yangiliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lish esa juda foydalidir.SHuning uchun ham, maktab o‘quvchilari uchun ham, talabalar uchun ham ilmiy konferensiyalarda qatnashish juda muhimdir.