Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/09/2020
Chop etish
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o`qitish va malaka oshirish markazi Jizzax bo‘limi faoliyatidan…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrda imzolagan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi117-sonli qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” tashkil etildi.

           Markaz 144 soatlik o‘quv dasturi asosida tinglovchilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtiradi. Kurs 2 xil yo‘nalishda tashkil qilingan bo‘lib :

1.Davlat tashkilotlari xodimlari uchun.

  1. Keng aholi qatlami uchun.

Davlat tashkiloti xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish”, aholi uchun tashkil etilgan o‘quv kursi “O‘zbek adabiy tilining  yozma nutq me’yorlari ”deb nomlanadi. Bugun ana shu markazning birinchi tinglovchilari uchun kirish  test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunda 13ta hududda Markazning filiallari tashkil etilgan. Kursda o‘qish shakli An’anaviy va  Masofaviy  usulda tashkil qilingan.

 


Ulashish:
1 254
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.